O‘zbekiston | 14:24
1871
2 daqiqa o‘qiladi

Navro‘zoldi ob-havo prognozi

Hafta davomida havo harorati asta-sekin ko‘tarilib boradi. Tun va tongdagi sovuq havo hafta o‘rtalarida iliqroq harorat bilan o‘rin almashadi. Vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov haftadagi ob-havo kutilmalari bilan Kun.uz'ning jonli efirida tanishtiradi.

Haftaning juma va dam olish kunlari kunduzgi harorat qiymatlari ba’zi joylarda +20...+25 darajagacha issiq bo‘lishi oydinlashgan. Bu o‘tgan haftada sovuqdan aziyat ko‘rgan nabotot olamiga qayta uyg‘onish davrini tuhfa etadi.

Martning uchunchi o‘n kunligi yana ham namgarchil, yog‘inlarga boy o‘tishi kutilmoqda. Harorat kesimida oyning uchinchi dekadasi odatdagi aprel boshlariga xos bahoriy havoga mos tushsa kerak.

Martning 11-13 sanalarida mintaqaga kirib kelgan sovuq havo oqimi afsuski ko‘plab hududlarda erta gullaydigan bodom, o‘rik, shaftoli, olma kabi mevali daraxt gullari, tuggan mevalarini sovuq urishiga olib keldi. Ayrim xududlarda zararlanish 90% ga teng.

Joriy issiqlik kutilmalaridan kelib chiqib, kurtaklardan gulga aylanadigan mevalarga asalarilarni ko‘p jalb etib, changlatish usullariga ko‘proq e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. 

Шокир Шарипов
Tayyorlagan Шокир Шарипов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid