O‘zbekiston | 15:05
399
1 daqiqa o‘qiladi

Yanvarda kichik biznes hissasiga 6 trln so‘mlik qurilish ishlari to‘g‘ri keldi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida mamlakatda yangi obektlar qurilishi bo‘yicha qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 6 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich jami qurilish ishlari hajmida 46 foiz ulushni tashkil etgan. Bu esa qurilish sohasida kichik biznes sub’yektlarining faolligi yuqori ekanini va ularning iqtisodiyotdagi o‘rni tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi ham o‘sish tendensiyasini namoyon etmoqda. Xususan, 2022 yil yanvar oyida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 5,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 3,4 trln so‘mni tashkil etgan. 2024 yilda 4,2 trln so‘mlik, 2025 yilda esa 5,1 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.

2026 yil yanvar oyida esa ushbu raqam 6 trln so‘mga yetgani qayd etildi. Bu holat qurilish sohasida kichik biznes sub’yektlarining imkoniyatlari kengayib borayotgani va ularning infratuzilma hamda qurilish loyihalaridagi ishtirokini ko‘payayotganidan dalolat beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid