
Körfazdagi boy arab davlatlari AQŞdan Eron bilan uruş boşlaşni söramagan edi. Biroq Hörmuz böğozi yopilgaç, ularning köpçiligi AQŞni – Eronni tahdid solişga qodir holatda qoldirib, işni yarim yölda töxtatmaslikka undamoqda. Bu haqda Reuters agentligi Körfazdagi uçta manbasiga tayanib ma’lum qildi.
«Butun mintaqa böylab Eron har bir körfaz davlatiga tegişli barça qizil çiziqlarni kesib ötdi, degan fikr keng tarqalgan», deydi Saudiya Arabistonida joylaşgan körfaz tadqiqot markazi raisi va hukumat qaraşlaridan xabardor Abdulaziz Sağir.
«Avvaliga biz ularni himoya qildik va uruşga qarşi çiqdik. Ammo ular bizga qarata zarbalar yöllaşni boşlagaç, duşmanga aylanişdi. Ularni boşqaça tasniflaşning iloji yöq», deb hisoblamoqda saudiyalik ekspert.
Tehron allaqaçon öz imkoniyatlarini namoyiş etib ulgurdi: u dunyo neftining qariyb beşdan bir qismi ötadigan va körfaz iqtisodiyotining asosi bölgan Hörmuz böğozida kemalar qatnovini töxtatib qöydi. Şuningdek, körfazning 6 davlatidagi aeroportlar, portlar, neft obektlari, savdo markazlariga raketa va dronlar bilan hujum qilmoqda.
Uşbu hujumlar esa körfaz davlatlarining qörquvini yanada kuçaytirdi. Agar Eron ixtiyorida biron bir jiddiy hujumkor qurol yoki işlab çiqariş quvvati qoldirilsa, uni har safar keskinlik oşganda mintaqaning energiya hayot yölini garovda uşlaş uçun işlatişi mumkin.
«Agar amerikaliklar vazifa töliq bajarilmasdan turib çiqib ketişsa, biz Eron bilan yuzma-yuz yolğiz qolamiz», deydi saudiyalik ekspert Abdulaziz Sağir.
Uruş uçinçi haftasiga kirdi: AQŞ va Isroilning havo zarbalari kuçaygan, Eron esa körfaz böylab AQŞ bazalari va energetika nişonlariga qarata öt oçmoqda.

Reutersʼning körfazdagi manbalardan biri bunday holatda arab yetakçilari orasidagi kayfiyat deyarli bir xil ekanini aytdi: ular



















