Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Eron razvedka vaziri o‘ldirilganini ma’lum qildi
Ismoil Xatib Ali Xominaiyning yaqin safdoshlaridan biri bo‘lgan.
Eron razvedka vaziri Ismoil Xatib Tehronda Isroil aviazarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Israel Katsga asoslanib, Times of Israel xabar tarqatgan.
Katsning so‘zlariga ko‘ra, zarba 18 martga o‘tar kechasi yo‘llangan.
«Eronga berilayotgan zarbalar intensivligi oshib bormoqda. Bu kecha Eron razvedka vaziri Xatib o‘ldirildi», – dedi Kats.
U o‘zi va mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahu «Isroil mudofaa armiyasiga Eronning istalgan yuqori martabali arbobini qo‘shimcha tasdiqlarsiz [yo‘q qilishga] ruxsat bergani»ni aytgan.
Erondagilar hozircha Xatibning o‘limi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi va rad etmadi.
Ismoil Xatib Eron razvedkasi rahbarligiga 2021 yilda tayinlangandi. U marhum diniy rahnamo Ali Xominaiyning yaqin safdoshlaridan biri bo‘lgan.
O‘tgan hafta AQSh davlat departamenti Eronning yuqori martabali mulozimlari haqidagi ma’lumot uchun 10 mln dollardan mukofot e’lon qilgan, bu ro‘yxatda Mujtaba Xominaiy va Ali Larijoniy bilan bir qatorda Ismoil Xatibning ham nomi qayd etilgandi.

17 mart kuni Isroil aviazarba oqibatida Eron xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy o‘ldirilganini xabar qilgandi. Keyinroq bu ma’lumot Eron rasmiylari tomonidan tasdiqlandi. Larijoniy bilan birgalikda uning o‘g‘li Murtazo va uning qo‘riqlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Alirizo Beyat ham halok bo‘lgan. Shu kuni Isroil harbiylari «Basij» qo‘mondoni (Islom inqilobi muhofizlari korpusi tarkibiga kiruvchi bo‘linma) G‘ulomrizo Sulaymoniyni ham o‘ldirishgan.
Ali Larijoniy – Eronda Ali Xominaiy halokatidan keyin o‘ldirilgan eng yuqori martabali mulozim bo‘lmoqda. The New York Times AQSh va Isroil hujumi boshlanishidan oldin mamlakatda amaldagi hokimiyat aynan Ali Larijoniyning qo‘liga o‘tgani haqida yozgandi, Ali Xominaiy yanvarda unga namoyishlarni bostirish va urushga tayyorgarlik ko‘rish topshirig‘ini bergandi.
Mavzuga oid
16:46
AQSh aviatashuvchisida yong‘in: «Gerald R. Ford» Eronga qarshi urushda safdan chiqishi mumkin
14:55
Germaniya TIV rahbari Eronda harbiy yechimga ishonmayapti
13:27
Isroilda Eronning raketa hujumi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
12:06