Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dron Lvivdagi UXX bosh boshqarmasiga hujum qildi
Rossiyadan uchirilgan dronlar Lviv va Volin viloyatlariga hujum qildi, deb xabar berdi mahalliy hokimiyat. Lvivda hech kim jabrlanmagan, ammo vayrongarchiliklar bor. Novovolinsk yaqinida energetika infratuzilmasi obektida yong‘in chiqqan.
Foto: REUTERS
Rossiya tomonidan uchirilgan uchuvchisiz uchish apparati Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX)ning Lviv viloyatidagi Bosh boshqarmasiga hujum qildi. Bu haqda viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Maksim Kozitskiy 18 mart, chorshanba kuni kechqurun ma’lum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan, ammo vayrongarchiliklar mavjud.
Kozitskiyning qo‘shimcha qilishicha, Lvivda dron bo‘laklari qidirilmoqda. U tushib ketgan parchalarga yaqinlashmaslik kerakligidan ogohlantirdi, chunki portlash xavfi bor. Xabar e’lon qilingan paytda dronning qaysi modelga mansubligi va hujumning boshqa oqibatlari haqida ma’lumot yo‘q edi.
Bundan tashqari, 18 mart kuni kechqurun Shahed dronlari Volin viloyatiga ham hujum qildi, deb ma’lum qildi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Roman Romanyuk. Uning so‘zlariga ko‘ra, muhim infratuzilma obekti zarar ko‘rgan. Buning oqibatida viloyatning bir tumani elektr ta’minotisiz qolgan — 30 mingdan ortiq aholi elektrsiz qolganini Romanyuk tushuntirdi.
Novovolinsk shahri meri Boris Karpus hujum tafsilotlarini keltirdi. Uning aytishicha, energetika infratuzilmasi obektiga jiddiy zarar yetgan va u yerda yong‘in chiqqan. Shahar rahbari energetiklar imkoniyat paydo bo‘lishi bilan tiklash ishlarini boshlashini bildirdi. Hokimiyat aholi isinishi va elektrdan foydalanishi mumkin bo‘lgan to‘rtta “matonat punkti”ni tashkil qildi.
Mavzuga oid
13:05
Mers: Yevropa Ukraina bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishi kerak
09:51
Odessa Rossiyadan uchirilgan dronlar hujumiga uchradi
09:37
Rossiya KXDRdan 14,4 mlrd dollarlik harbiy yordam oldi
19:47 / 18.03.2026