Jahon | 22:36 / 19.03.2026
7864
1 daqiqa o‘qiladi

Eron urush boshlanganidan beri birinchi marta Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotiga zarba berdi

F-35 aviabazaga muvaffaqiyatli qo‘ndi, hodisa bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

Foto: Reuters

Amerikaning F-35 qiruvchi samolyoti Yaqin Sharqdagi aviabazalardan biriga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar berdi CNN.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, jangovar parvozni amalga oshirgan samolyot Eron osmonida zarbaga uchragan. F-35 muvaffaqiyatli qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan, hozirda hodisa bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

CNN nashrining qayd etishicha, bu urush boshlanganidan beri Eron AQSh samolyotini urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan birinchi holatdir.

F-35 beshinchi (oxirgi) avlod qiruvchi samolyoti bo‘lib, uning narxi taxminan 100 million dollarni tashkil qiladi. Eron bilan urushda F-35 samolyotlaridan AQSh ham, Isroil ham foydalanmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid