O‘zbekiston | 11:35
5670
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida yomg‘irli kunlar bo‘lishi kutilmoqda

Payshanba-juma va yakshanba kunlari respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi. 21–23 mart kuni yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi va havo +28 darajagacha isiydi.

Foto: Kun.uz

19−20 mart kunlari O‘zbekiston hududi o‘rtacha iliq va nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Payshanba va juma kunlari respublikaning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati payshanba kunduzi +13…+16 daraja, juma kuni +17…+20 daraja atrofida bo‘ladi.

21 mart kuni hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati +20…+25 darajagacha ko‘tariladi.

22–23 mart kunlari respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +20…+25 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +28 darajagacha bo‘ladi.

Harorat asosan kechalari +7…+12 daraja bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida 19 martda kunduzi, 20 martda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 19 martda +14…+16 daraja, 20 martda +17…+19 daraja bo‘ladi.

21 mart kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +21…+23 daraja bo‘ladi. 22–23 mart kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Kunduzi harorat +20…+25 daraja atrofida bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid