Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda odamsimon robotlarni ishga o‘rgatish markazlari ochilmoqda
Robotlar maxsus o‘quv markazlarida boshlang‘ich mehnat ko‘nikmalariga “o‘rgatilmoqda”.
Foto: AP
Xitoy odamsimon robotlarni iqtisodiyotning real sektorida ishlashga jalb etishni tezlashtirish uchun ularni ishga o‘rgatish markazlarini ochmoqda.
Xabar qilinishicha, butun mamlakat bo‘ylab robotlarni o‘qitish markazlari tashkil etilmoqda. Bundan maqsad, robotlarni aniq vazifalarni bajara oladigan tijorat mahsulotlariga aylantirishdir.
O‘tgan yil oxiriga kelib Xitoyda 40 dan ziyod ana shunday markazlar tashkil etildi. Xususan, Shitszyachjuan shahridagi Leju kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan markazda avtomobil zavodi yig‘uv liniyasi, «aqlli uy» elementlari va keksalarni parvarish qilish muassasasi muhiti yaratilgan bo‘lib, bu yerda robotlar uchun 16 ta o‘quv dasturi yo‘lga qo‘yilgan. Markazda “o‘qitilgan” robotlar 20 dan ortiq funksiyani o‘zlashtirgan, vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish darajasi esa 95 foizga yetdi.
Anxoy, Chjetszyan va Shandun provinsiyalarida ochilgan o‘quv markazlarida robotlar boshlang‘ich mehnat ko‘nikmalariga “o‘rgatilmoqda”. Masalan, Shandun provinsiyasidagi markazda o‘nlab robotlar patnisda taom tashish, kiyimlarni taxlash va qadoqlangan suv olib kelishni “o‘rganyapti”.
Xubey provinsiyasidagi markazda esa yuzga yaqin robot kiyimlarni taxlash va dazmollash, stollarni artish kabi harakatlarni yuzlab marta takrorlab, ushbu ishlarni bajarishga ko‘nikma hosil qilmoqda.
Robotlardan dastlab ishlab chiqarish sanoatida, shuningdek oddiy va takrorlanuvchi vazifalar ustuvor bo‘lgan korxonalarda keng foydalanish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:29
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha Xitoy birinchi o‘rinda
23:17 / 18.03.2026
“Xitoyning maqsadi – radarlarni sinab ko‘rish” - Hikmatilla Kazakbayev
14:26 / 18.03.2026
Xitoyning cho‘llanishni to‘xtatgan modeli Navoiyda sinab ko‘riladi
10:50 / 18.03.2026