Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron birinchi marta Yaqin Sharqdan tashqaridagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi
Hind okeanidagi Diyego-Garsiya harbiy bazasiga ikkita o‘rta masofali ballistik raketa uchirildi.
Eron Hind okeanidagi AQSh va Buyuk Britaniyaning Diyego-Garsiya harbiy bazasiga ikkita o‘rta masofali ballistik raketa uchirdi. Bu haqda 21 mart kuni The Wall Street Journal (WSJ) ma’lum qildi.
Raketalarning hech biri nishonga tegmagan. Ikki manbaga ko‘ra, ulardan biri parvozda ishdan chiqqan, yana biriga qarshi AQSh kemasi SM-3 raketasini uchirgan. Hozircha urib tushirilgani haqida ma’lumot yo‘q.
Nashrning qayd etishicha, bu Eron tomonidan o‘rta masofaga uchuvchi raketalarni jangovar qo‘llashning birinchi holati va Yaqin Sharqdan tashqaridagi AQSh manfaatlariga tahdid solishga birinchi jiddiy urinishidir.
Diyego-Garsiya bazasi Erondan taxminan 4 ming kilometr uzoqlikda joylashgan. Zarba, aftidan, Tehron ilgari tan olganidan ko‘ra uzoqroq masofaga uchuvchi raketalarga ega bo‘lishi mumkinligini anglatadi, deb ta’kidlaydi WSJ.
Avvalroq, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Tehron o‘zini tahdid sifatida qabul qilinishini istamagani uchun raketalar uchish masofasini ataylab 2 ming kilometrga cheklaganini aytgandi.
Mavzuga oid
17:48
Eron atrofidagi vaziyat: AQSh yangi zarbalar yo‘lladi, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yana yopildi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026