O‘zbekiston | 08:25
993
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda havo harorati 28 darajagacha ko‘tarilishi mumkin

O‘zbekiston hududi iliq va nam havo massalari ta’sirida bo‘lib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu bilan birga, kunduzi havo harorati 25–28 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Foto: Kun.uz

Sinoptiklarga ko‘ra, 21 martda hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 20–25 darajagacha ko‘tariladi.

23–24 mart kunlari respublika bo‘ylab (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 20–25 daraja, ayrim hududlarda esa 28 darajagacha yetadi.

Kechalari havo harorati asosan 7–12 daraja iliq bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida 21 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 21–23 darajagacha ko‘tariladi. 23–24 mart kunlari esa qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilib, kunduzi harorat 20–25 daraja atrofida bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid