Jahon | 21:11
1652
2 daqiqa o‘qiladi

Eron uchun AQSh tinchlik rejasining 15 ta bandi ma’lum bo‘ldi – OAV

Rejada Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochilishi, ballistik raketalarning soni va uchish masofasi cheklanishi, yadro qurolidan voz kechish kabi talablar bor.

Foto: AP

AQSh Eronga 15 banddan iborat urushni tugatish rejasini topshirdi, ulardan 12 tasi Amerika talablari va yana uchtasi Tehron ularni bajarish evaziga oladigan takliflardir. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib yozdi.

Agentlik rejaning 15 ta bandini qisqacha ma’lum qildi:

  1. Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochiq qoladi va kemalar uchun erkin zona bo‘ladi;
  2. Eron ballistik raketalarining soni va uchish masofasi cheklanadi;
  3. Eron raketalari faqat o‘zini himoya qilish maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi;
  4. Eron barcha yadroviy imkoniyatlar va obektlardan mahrum bo‘lishi kerak;
  5. Eron yadro qurolidan voz kechadi;
  6. Eron hududida uranni boyitish amalga oshirilmaydi;
  7. Eronning yuqori boyitilgan uran zaxiralari kelishilgan jadval asosida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikka o‘tkaziladi;
  8. Fordou, Isfaxon va Natanzdagi atom poligonlari foydalanishdan chiqariladi va demontaj qilinadi;
  9. Eron to‘liq yadroviy shaffoflikni ta’minlash va tegishli mustaqil inspeksiyalarni o‘tkazish majburiyatini oladi;
  10. Eron o‘z proksilari orqali harakat qiluvchi terrorchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlash strategiyasidan voz kechadi;
  11. Eron bunday terrorchi guruhlarni moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi.
  12. Eron urushni to‘xtatishini e’lon qiladi;
  13. Eronga qarshi sanksiyalar bekor qilinadi;
  14. AQSh Eronga Busherdagi obektda fuqarolik yadro energetikasini rivojlantirishda yordam beradi;
  15. Sanksiyalarni tiklash mexanizmi to‘xtatiladi.

Ta’kidlanishicha, Eron bu rejani rad qilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid