Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Yaqin Sharqqa 2 ming nafar desantchi jo‘natdi
Mintaqaga allaqachon yuborilayotgan 4,5 mingga yaqin dengiz piyodasini hisobga olgan holda, 2 ming nafar desantchining joylashtirilishi yangi keskinlashuvni anglatishi ta’kidlanmoqda.
Foto: Getty images
Pentagon AQSh havo-desant diviziyasining 2 mingga yaqin askarini Yaqin Sharqqa yuborishni boshlashga buyruq berdi. Bu haqda The New York Times gazetasi AQSh harbiy vazirligidagi ikki manbaga tayanib xabar berdi.
Yo‘naltirilgan guruh «Tezkor harakat kuchlari» (IRF) - 18 soat ichida dunyoning istalgan nuqtasida joylashtirilishi mumkin bo‘lgan 3 mingga yaqin harbiy xizmatchidan iborat brigadadan tashkil topgan, deb xabar berdi NYT suhbatdoshlari. Ularning so‘zlariga ko‘ra, kontingent tarkibida har biri 800 ga yaqin askardan iborat ikkita batalon ham bor. Yaqin kunlarda Yaqin Sharqqa IRF qo‘shimcha askarlari ham yuborilishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi Pentagon vakillari.
Mintaqaga allaqachon yuborilayotgan 4,5 mingga yaqin dengiz piyodalarini hisobga olgan holda, 2 ming nafar desantchining joylashtirilishi harbiy mojaro boshlanganidan beri jangovar harakatlar zonasiga yuborilgan qo‘shimcha quruqlikdagi qo‘shinlarning umumiy sonini deyarli 7 ming kishiga oshiradi va yangi keskinlashuvni anglatadi, deb ta’kidlaydi NYT. «Epik g‘azab» harbiy operatsiyasiga Yaqin Sharq, AQSh va Yevropadan jami 50 mingga yaqin harbiy xizmatchi jalb qilingan.
Gazeta suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh desantchilardan Fors ko‘rfazi shimolidagi Eron neftining asosiy eksport markazi - Erondagi Xarq orolini egallash uchun foydalanishi mumkin, deb yozdi nashr.
Shu hafta oxirida Yaqin Sharqqa 2,3 mingga yaqin AQSh dengiz piyodasi yetib kelishi kutilmoqda: Pentagon ulardan Xarqni qo‘lga olish yoki Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishda yordam berish uchun ham foydalanishi mumkin. Ammo, rasmiylarga ko‘ra, Yaqin Sharqqa zirhli mashinalar kabi og‘ir texnikalar yuborilmaydi.