Islom inqilobi muhofizlari korpusi mamlakat içkarisidagi ta’sirini kuçaytirgan va AQŞ bilan ehtimoliy muzokaralar arafasida qator talablarni ilgari surmoqda. The Wall Street Journal naşri öz manbasiga tayanib yozişiça, bu talablar orasida Amerikaning Fors körfazi mamlakatlaridagi barça bazalarini yopiş talabi ham bor.
Gazeta Eron tomonining boşqa talablarini quyidagiça keltirgan:
- zarbalar uçun tovon tölaş;
- Hörmuz böğozida yangiça tartib örnatiş, bu Eronga ötayotgan kemalardan tölov undiriş imkonini berişi kerak (Misr Suvayş kanalidan foydalanganlik uçun tölov olişi kabi);
- uruş qayta tiklanmasligi va Isroil Livandagi «Hizbulloh» guruhi böylab zarbalarini töxtatişi uçun kafolat;
- Eronga qarşi qöllangan barça sanksiyalarni bekor qiliş;
- Eron raketa dasturini saqlab qoliş.
Amerikalik rasmiylardan biri bu talablarni «bema’ni va noreal» deb atagan. Arablar va amerikaliklar orasidagi manbalar bunday pozitsiya Tehron bilan kelişuvga erişişni yanada murakkablaştirişini qayd etişgan.
Şu kunlarda Reuters agentligi Eron öz pozitsiyasini qat’iylaştirgani va muzokaralar boşlanadigan bölsa, AQŞdan jiddiy yon berişni talab qilişi, jumladan, hujum qilmaslikka kafolat, şuningdek, uruş davridagi yöqotişlar uçun tovon puli hamda Hörmuz böğozi ustidan töliq nazoratni talab qilmoqçiligi haqida xabar bergandi.
AQŞ ham Eronga 15 banddan iborat tinçlik rejasini yuborgan. Isroilning «12 kanal» telekanaliga köra, u Eron yadro dasturidan töliq voz keçişi, şuningdek, mintaqadagi proksi-guruhlarini qöllaşni töxtatişi hamda öz raketalari soni hamda uçiş masofasini qisqartirişga rozi bölişini közda tutadi.













