Amerikaning New York Times gazetasi va Reuters agentligi öz manbalariga tayanib xabar berişiça, Pentagon yana 2000 nafar askarini Eron bilan uruş doirasida prezident Donald Trampga qöşimça variantlar taqdim etiş uçun Yaqin Şarqqa yuborişga buyruq bergan.
Bu xabarlar Trampning özi AQŞ Tehron bilan «hozirning özida» uruşni töxtatiş böyiça muzokaralar olib borayotgani va Eron «bitim tuzişni juda xohlayotgani» haqidagi bayonotlari fonida paydo böldi. Tramp bu safar ham tafsilotlarni ma’lum qilmadi, biroq OAV Vaşington uruşni yakunlaş böyiça 15 banddan iborat rejani Tehronga taqdim etgani haqida yozmoqda.
Pentagon AQŞ armiyasi 82-havo-desant diviziyasi qöşimça kuçlarini Yaqin Şarqqa yuborişni boşlaşga buyruq bergan. Bu haqda The New York Times gazetasi AQŞ mudofaa vazirligidagi ikki manbaga tayanib xabar berdi.
Mudofaa vazirligi vakili xavfsizlik nuqtayi nazaridan qança askar va aynan qayerga borişini sir saqlamoqda.
Naşr ma’lumotiga köra, gap «Tezkor harakat kuçlari» (IRF)ning 2000 nafarga yaqin harbiy xizmatçisi haqida ketmoqda – bu 18 soat içida dunyoning istalgan nuqtasida joylaştirilişi mumkin bölgan 3 mingga yaqin harbiy xizmatçidan iborat brigada hisoblanadi. Kontingent tarkibiga taxminan 800 nafar askardan tuzilgan ikkita batalyon, şuningdek, general-mayor Brendon Tegtmayyer boşçiligidagi qömondonlik diviziyasi kiradi.
Xuddi şu vaqtda, Reuters agentligining vaziyatdan xabardor bölgan manbalariga köra, mintaqaga olib kelinadigan qöşimça kuçlar soni köproq bölişi va 3 000–4 000 kişiga yetişi mumkin. Ularning sözlariga köra, hozirça töğridan töğri Eron hududiga qöşin kiritiş böyiça yakuniy qaror qabul qilinmagan.
«Epik ğazab» harbiy operatsiyasiga Yaqin Şarq, AQŞ va Yevropadan jami 50 mingga yaqin harbiy xizmatçi jalb qilingan.
Duşanba kuni Donald Tramp Oval kabinetda jurnalistlar bilan bölib ötgan va uzoq davom etgan muloqot çoğida Erondagi uruşga oid köplab masalalar böyiça fikr bildirgan, biroq Eron hududiga qöşinlarni joylaştiriş ehtimoliga töxtalmagan.
Harbiy ekspertlar ta’kidlaşiça, ehtimoliy joylaştiriş Eronga Hörmuz böğozi orqali kemalar ötişini tiklaş uçun bosimni kuçaytirişga qaratilgan bölişi mumkin, deydi BBC’ning Vaşingtondagi muxbiri Deniyel Buş.














