Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtda bir qator markaziy ko‘chalar vaqtincha yopiladi
Toshkent shahrida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda International Tashkent Marathon – 2026 tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati ma’lum vaqt oralig‘ida cheklanadi.
Ma’lum qilinishicha, cheklovlar bir necha bosqichda joriy etiladi. Jumladan, 28 mart kuni soat 08:00 dan 12:00 gacha Yangi O‘zbekiston ko‘chasining CAU universiteti oldidan Parkent avtomagistraligacha bo‘lgan qismida harakat vaqtincha to‘xtatiladi.

Shuningdek, 3 aprel soat 16:00 dan 5 aprel soat 14:00 gacha Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi yopiladi.

Eng katta cheklovlar 5 aprel kuni soat 02:00 dan 13:00 gacha amal qiladi. Ushbu vaqtda Beshyog‘och ko‘chasi (Furqat ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha), Afrosiyob ko‘chasi (Islom Karimov ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha va Sharof Rashidov ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha), Sharof Rashidov ko‘chasi (Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha), Shahrisabz ko‘chasi (Afrosiyob ko‘chasidan Amir Temur shohko‘chasigacha), Oybek ko‘chasi (Shahrisabz ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha), Nukus ko‘chasi (Oybek ko‘chasidan Istiqbol ko‘chasigacha) hamda Abdulla Qodiriy ko‘chasi (Istiqbol ko‘chasidan Abay ko‘chasigacha)da transport harakati vaqtincha cheklanadi.

Mas’ullar haydovchilardan ushbu cheklovlarni inobatga olishni, tirbandliklarning oldini olish maqsadida muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni va harakatni oldindan rejalashtirishni so‘ramoqda.
Mavzuga oid
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
09:30 / 23.06.2026
Toshkentda bo‘yoq hididan zaharlangan uch fuqaro qutqarildi
11:45 / 22.06.2026
O‘zbekistonda odamsimon robotlar ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi
08:51 / 22.06.2026