Endilikda futbol böyiça Özbekiston çempionati yuqori divizionida öynaydigan har bir klubga davlat tomonidan 35 milliard sömdan pul beriladi. Ikkinçi divizion jamoalari ham davlat tomonidan moliyalaştiriladi. Xöş, davlat nega ularga pul berişi kerak? Har bir klubga 35 milliard söm – köpmi yo kam?

Qiymat emas taqsimot özgaradi

Avvalo 35 milliard söm Özbekiston şaroitida juda katta pul ekanini aytiş kerak. Töğri, dollarga «çaqsa», bu 2,9 million dollar atrofida pul böladi, Yevropada bir futbolçiga yiliga taxminan şunça maoş tölaşadi, öraça. Lekin Özbekistonda 1 milliard sömni Open budget'da yutiş uçun butun qişloq haftalab harakat qiladi. 1 milliardga qança yöllar asfalt bölib ketganini köryapsiz, 35 milliardga 35 ta qişloqni ança obod qiliş mumkin. Masalan, bizning qişloqda Open budget şarofati bilan oxirgi 3-4 yilda asfalt bölmagan köça qolmadi hisob. Şunday ekan 35 milliard söm futbol uçun kam pul degan gaplarga qöşilmayman.

Endi bu yangilikdagi eng muhim jihatga töxtalsak. Özbek futbolini kuzatmaydigan vatandoşlar davlat endi Open budget va boşqa foydali işlarga ketayotgan pullarni futbolga yönaltiryapti deb öylaşi mumkin, lekin bunday emas. Hukumat şundoğam davlat korxonalari futbolga ajratayotgan pullarni klublarga teng taqsimlaşga qaror qildi.

Klublar şundoğam davlat korxonalaridan katta pul olardi, endi davlat bu pullar adolatli taqsimlanişi kerak degan qarorga keldi. Masalan, 35 milliard amaldagi Özbekiston çempioni «Neftçi» bir yilda oladigan pulning 20-25 foiziga teng. Katta klublar davlat korxonalaridan qançalik katta pul olib yurganini tasavvur qilavering.

Endi futbolga pul berib yurgan davlat korxonalari pulni bir yerga taşlaydi va bu pul klublarga teng taqsimlanadi, xuddi arab davlatlarida bölgani kabi. Şuningdek, klublar eplasa xususiy korxonalar bilan hamkorlik örnatişi mumkin. Kim köproq homiy jalb qilsa, öşaning puli köproq böladi.

Bu qarorni davlat futbolga katta pul sarflaydi deb talqin qiliş kerak emas. Aksinça, endi davlat futbolga avvalgidan kamroq pul ajratadi. Yuqori divizion jamoalari bu yil 35 milliard, kelasi yil 30 milliard va 2028 yil 25 milliarddan oladi. Keyinçalik katta ehtimol tölov butkul töxtatiladi. Klublar şu uç yil içida xususiylaşib olişi kerak.

Muammo nimada?

Şu örinda savol paydo böladi: klublar xususiylaşişiga nima xalaqit beryapti, Yevropada klublar xususiy qöllarda va ular qaytaga juda boy-ku?! Bizda uzoq yil klublar mahalliy hokimliklar qoşida bölib keldi. Qaysi hokim futbolga qiziqsa, öşa viloyat jamoasi zör böladi. Xayrulla Bozorov Namanganda hokim bölganida «Navbahor» kuçli edi, Bozorov Farğonaga keldi va «Neftçi» çempion böldi. Işoning, bu hokim Qoraqalpoğistonga borsa, «Orol»ni ham çempion qiladi, çunki futbol uçun pul topib berişni biladi.