Oğriq qoldiruvçilarning keng qöllanilişi yurak yetişmovçiligi tufayli şifoxonaga tuşuvçi bemorlar sonining köpayişiga olib kelmoqda. Gap yalliğlanişga qarşi nesteroid dori vositalari haqida bormoqda. Milandagi Bikokka universiteti olimlarining şunga doir ilmiy izlanişlari Medicalxpress naşrida çop etildi.
Tadqiqot davomida olimlar Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Italiyada yaşovçi, oğriq qoldiruvçi dori vositalarini qabul qiluvçi 10 million bemorning ma'lumotini tahlil qilib çiqişdi. Tadqiqotçilar bunda 92 mingdan ortiq şifoxonaga tuşiş holatlarini aniqlaşdi, har bir bemorning qaysi dorini qanday dozada qabul qilganligini ham örganib çiqişdi.
Tadqiqot natijalariga köra, diklofenak, ibuprofen, indometatsin, ketorolak, naproksen, nimesulid, piroksikam kabi dori vositalari, şuningdek Sox 2 ingibatorlari - etorikoksib va rofekoksib - katta dozalarda yurak yetişmovçiligi xavfini ikki barobar oşirişi ma'lum böldi.
Bu natijalar kuzatuv tadqiqotidan olingan bölsa-da, ekspertlar oğriq qoldiruvçi dori vositalarini ehtiyotkorlik bilan qabul qilişni tavsiya qilişmoqda.













