O‘zbekiston | 18:09
975
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida o‘zgaruvchan ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

7–8 aprel kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati +13…+18 darajagacha pasayadi. 9–10 aprel kunlari ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati +20…+25 darajagacha ko‘tariladi.

Foto: Kun.uz

Dushanba kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +18…+23, ba’zi joylarda +24…+26 darajagacha bo‘ladi.

7–8 aprel kunlari respublikaning aksariyat viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Harorat asosan kunduz kunlari +13…+18 daraja bo‘ladi.

6–7 aprelda ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

9–10 aprelda faqat respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat +20…+25 darajagacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkent shahrida dushanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +24…+26 daraja bo‘ladi. 7–8 aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 7 aprelda shamol tezligi 12–14 metr/soniyagacha kuchayadi. Harorat kunduzi +15…+17 daraja bo‘ladi.

9 aprelda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 10 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +20…+25 darajagacha ko‘tariladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid