Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Yaqin Sharqni «zulmatga cho‘mdirish» bilan tahdid qildi
Eron AQSh tahdidlarini amalga oshirsa, kuchli zarbalar berishidan ogohlantirdi. Tramp bundan oldin Eronga «sivilizatsiya o‘limi» bilan tahdid qilgan edi.
Foto: Reuters
Tehron Qatar orqali AQSh va Yaqin Sharq davlatlariga maktub yo‘llab, unda «Eronning javob zarbalari oqibatida butun mintaqa va Saudiya Arabistoni to‘liq zulmatga cho‘mishini» va’da qilgan. Bu haqda Reuters Eronning yuqori martabali manbasiga tayanib yozdi.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Eron AQShning «quruq va’dalari» evaziga Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochmaydi. Bundan tashqari, agar «vaziyat nazoratdan chiqib ketsa, Eron ittifoqchilari Bob al-Mandib bo‘g‘ozini yopadi».
AQSh prezidenti Donald Tramp 7 apreldan 8 aprelga o‘tar kechasi «sivilizatsiya halokati» yuz berishi haqida ogohlantirdi. U bu xabarni Eronga qo‘yilgan ultimatum muddati tugashidan biroz oldin e’lon qilgan. Tramp elektr stansiyalariga zarba berish tahdidi tufayli sulh tuzish va Ho‘rmuz bo‘g‘ozini blokdan chiqarishni talab etdi, Eron hukumati esa barqaror tinchlik kelishuvi va hujum qilmaslik kafolatlarini talab qildi.
Bugun ertalab Eronning asosiy neft-gaz eksport markazi joylashgan Xarq orolida portlashlar sodir bo‘ldi. Eronda ma’lum qilinishicha, orolning neft infratuzilmasi hujum obekti bo‘lmagan va ishlashda davom etmoqda.
Axios jurnalisti Barak Ravid AQSh uo‘bu oroldagi harbiy obektlarga zarbalar berganini yozdi. Eronning o‘zi allaqachon amerikaliklarni Xarq oroliga harbiylarning yuborilishiga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Tehron minalangan to‘siqlar va boshqa «tuzoqlarni» o‘z ichiga olgan ko‘p qatlamli mudofaa qurgan.
Reuters agentligi Pokiston xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayanib, agar Eron Saudiya Arabistoni sanoat obektlariga zarba bersa, bu AQSh bilan tinchlik muzokaralarini buzishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, manbaning so‘zlariga ko‘ra, javob zarbalari Pokistonni ikki davlat o‘rtasida tuzilgan mudofaa shartnomasi bo‘yicha mojaroga jalb qilishi mumkin.
Islomobod Tehron va Vashington o‘rtasida asosiy vositachi hisoblanadi. Eronning o‘zi 6 aprel kuni AQShning vaqtinchalik sulh takliflarini rad etdi.
Mavzuga oid
23:18
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
20:53
Yaqin Sharq eskalatsiyaga tayyorlanmoqda. So‘nggi ma’lumotlar
20:16
Eron Trampning keskin tahdidiga javoban AQSh bilan bevosita aloqani uzdi
17:42