NASA'ning “Artemida-2” missiyasi doirasida Oyni aylanib çiqqan “Orion” kosmik kemasi Yerga qaytiş çoğida şanbaga ötar keçasi, 11 aprel kuni, Kaliforniya ştatidagi San-Diyego şahri yaqinida Tinç okeaniga muvaffaqiyatli qöndi.
NASA’ning YouTube-kanalidagi qöniş translatsiyasini uç milliondan ziyod odam kuzatdi. Jonli efir kosmik agentlikning boşqa platformalarida ham olib borildi.
Oy missiyasi davomida insonning kosmosda Yerdan eng uzoq masofaga borişi böyiça yangi rekord örnatildi — astronavtlar Yerdan 407 ming kilometr uzoqlaşdi. Şu tariqa ular 1970 yildagi “Apollon-13” missiyasi davomida qayd etilgan avvalgi rekordni yangiladi.
Bortda NASA astronavtlari Rid Uayzman, Viktor Glover va Kristina Kuk, şuningdek, Kanada kosmik agentligi astronavti Jyeremi Hansen bölgan “Orion” kemasi AQŞning şarqiy sohilidan 1 aprel kuni parvozni boşlagan edi. Beş kundan söng, 6 aprel oqşomida, “Artemida-2” ekipaji Oy kuzatuvi bosqiçini yakunlab, Yerga qaytişni boşlagan.
Jumladan, missiya iştirokçilari avtonom tarzda olti kungaça nafas oliş imkonini beradigan yangi skafandrlarni ham sinovdan ötkazdi.












