Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron sulhdan keyin yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopdi
Fors ko‘rfazidagi bir nechta kemalar Eron harbiy-dengiz kuchlaridan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopiqligicha qolayotgani haqida xabar olgan.
Foto: Reuters
Eron davlat teleradiokompaniyasi xabar berishicha, Vashington va Tehron ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilganidan keyin birinchi kema Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tgan. Ta’kidlanishicha, kema bo‘g‘ozdan o‘tish uchun Erondan ruxsat olgan.
Pentagon rahbari Pit Hegset ham boshqarmadagi matbuot anjumani chog‘ida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi kemalar o‘tishi uchun ochiq ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron kemalarga bo‘g‘oz orqali o‘tishga ruxsat berdi.
«Erishilgan kelishuvlar va berilgan bayonotlarga ko‘ra, bo‘g‘oz ochiq. Harbiylarimiz kuzatmoqda, albatta, ularning harbiylari ham kuzatmoqda, ammo savdo kemalari qatnovi davom etadi», dedi Hegset jurnalistlarga.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiylari Eron o‘t ochishni to‘xtatishga rioya qilayotganiga ishonch hosil qilish uchun Yaqin Sharqqa «yaqin joylarda qoladi».
Shu bilan birga, Reuters manbalarining ta’kidlashicha, bo‘g‘oz haligacha amalda yopiq. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Fors ko‘rfazidagi bir nechta kemalar Eron harbiy-dengiz kuchlaridan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopiqligicha qolayotgani haqida xabar olgan. Shu bilan birga, Eron tomoni ruxsatsiz o‘tishga uringan kemalarni yo‘q qilish bilan tahdid etgani aytilmoqda.
Keyinroq Eronning Fars agentligi Isroilning Livanga zarbalari fonida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali tankerlar harakati to‘xtatilgani haqida xabar berdi.
Eronning yuqori martabali amaldori Reuters agentligiga Eron Pokistondagi Amerika va Eron rasmiylari o‘rtasidagi muzokaralar arafasida, 9 yoki 10 aprelda Hurmuz bo‘g‘ozini cheklangan va nazorat ostidagi rejimda ochishi mumkinligini aytdi. Kemachilik kompaniyalari, o‘z navbatida, dengizga chiqishdan oldin ularga qo‘shimcha xavfsizlik kafolatlari kerakligini ma’lum qildi.
Fevral oyi oxirida AQSh va Isroilning Eron bilan urushi boshlanishidan oldin dunyo neft ta’minotining 1/5 qismi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tgan. Harbiy harakatlar boshlanganidan keyin Eron bo‘g‘ozni to‘sib qo‘ydi.
8 aprelga o‘tar kechasi AQSh va Eron ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbari Donald Tramp Vashington Ho‘rmuz bo‘g‘ozi zudlik bilan ochilishi sharti bilan Eronni bombardimon qilishni ikki haftaga to‘xtatishini aytgan edi.
Isroil sulhni qo‘llab-quvvatladi, biroq ikkinchi front ochilgan Livanga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlar tatbiq etilmasligini ma’lum qildi. 8 aprel kuni Isroil Yaqin Sharqdagi urush boshlanganidan beri Livanga «eng katta zarba» berganini e’lon qildi.
Mavzuga oid
21:40
Eronda urib tushirilgan samolyotlar: tasodifmi yo yashirin missiya?
20:13
Eron AQSh va Isroilni sulhni buzganlikda ayblab, BAA, Kuvayt va Bahraynga zarbalar berdi
20:02
Makron, Meloni, Mers, Starmer va boshqalar Erondagi urush haqida bayonot berdi
19:57