Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eronga yana keng ko‘lamli zarbalar bilan tahdid qildi
U Tehrondan «haqiqiy kelishuv» shartlarini bajarishni talab qilgan.
Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp agar Tehron «haqiqiy kelishuv»ga rioya etmasa, Qo‘shma Shtatlar Eronni o‘qqa tutishni qaytadan boshlashini ma’lum qildi.
U Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi postida kelishuvga to‘liq amal qilinmagunicha Amerika kemalari, samolyotlari va harbiylari o‘z joylarida qolishi haqida yozgan.
«Amerika barcha kemalari, samolyotlari va harbiy xodimlari, qo‘shimcha o‘q-dorilar, qurol-yarog‘lar <...> erishilgan haqiqiy kelishuvga to‘liq rioya qilinmaguncha Eron va uning atrofidagi o‘z joylarida qoladi. Agar biror sababga ko‘ra bu sodir bo‘lmasa, bu esa ehtimoldan yiroq, u holda har qachongidan ham keng ko‘lamli, takomillashgan va kuchli „otishma boshlanadi“», – deyiladi Trampning postida.
U «soxta ritorikalar»ni rad etib, Eron va AQSh o‘rtasidagi kelishuv Tehronning yadro qurolidan voz kechishi hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozi kemalar qatnovi uchun ochilishini nazarda tutishini qayd etgan.
AQSh va Eron ikki haftaga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh barcha harbiy maqsadlariga «ortig‘i bilan erishga» va Eronning 10 banddan iborat tinchlik taklifini qabul qilgan, u bu taklif «muzokaralar uchun amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi»ni aytgan. Tehrondagilar Tramp aytgan reja islom respublikasiga hujum qilinmasligi bo‘yicha kafolat, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan Eronning to‘liq nazorati, uning uranni boyitish huquqini tan olish, barcha sanksiyalarni bekor qilish hamda tovon to‘lanishini nazarda tutadi.
Mavzuga oid
20:59
Eron TIV: Isroilning Livanga hujumlari sulhni buzish hisoblanadi
19:23
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi minalar joylashuvi sxemasini e’lon qildi
19:16
Eronda AQSh zarbalari boshlanganidan beri halok bo‘lganlar soni ma’lum qilindi
17:00