Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya prokuraturasi Isroil hukumati rahbarlariga nisbatan 4596 yilgacha qamoq jazosi berilishini so‘radi
2025 yil noyabrda Istanbul bosh prokuraturasi Binyamin Netanyahu va yana 34 nafar isroillik amaldorni genotsid, G‘azo sektorini bombardimon qilish, insonparvarlik yordamini yetkazishga to‘sqinlik qilishda ayblab, ularni hibsga olishga order bergandi.
Turkiya prokuraturasi genotsid va boshqa jinoyatlarda ayblanib sirtdan hibsga olingan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uchun umrbod qamoq jazosi berilishini so‘radi, deb xabar berdi Hürriyet gazetasi.
2025 yil noyabrda Istanbul bosh prokuraturasi Binyamin Netanyahu va yana 34 nafar isroillik amaldorni genotsid, G‘azo sektorini bombardimon qilish, insonparvarlik yordamini yetkazishga to‘sqinlik qilishda ayblab, ularni hibsga olishga order bergandi.
"Prokuratura Istanbulning o‘ta og‘ir jinoyat ishlari bo‘yicha 10-sudiga 35 nafar ayblanuvchiga nisbatan 1102 yil 9 oydan 4596 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishini so‘rab ayblov xulosasini yubordi. Ular orasida Netanyahu, mudofaa vaziri Israel Kats, undan avval vazir bo‘lgan Yoav Gallant, meros ishlari bo‘yicha vazir Amichay Eliyaxu, milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir, qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i Eyal Zamir, harbiy-dengiz floti rahbari David Saar Salamalar bor", - deyiladi gazeta xabarida.
Nashrning yozishicha, isroillik amaldorlar insoniyatga qarshi jinoyatlar, genotsid, erkinlikdan mahrum qilish, vahshiyona munosabat, zarar yetkazish, talonchilik, transport vositalarini tortib olish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.
Ularga qarshi tergov 2025 yil oktyabrda G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazmoqchi bo‘lgan “Global flotiliya” faollari Isroil hukumati tomonidan qo‘lga olinganidan keyin boshlangandi. Qayd etilishicha, turkiyalik faollar shifokorlar, jumladan, psixologlar tomonidan tekshirilganidan so‘ng Turkiyaga deportatsiya qilingan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroilning Eronga va Falastinning HAMAS harakati vakillariga bergan zarbalari uchun Binyamin Netanyahuni ko‘p marta tanqid qilgan. Turkiya yetakchisi Anqara Isroil tajovuziga duch kelayotgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirgan.
Mavzuga oid
13:33
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
19:23 / 16.06.2026
AQSh-Eron kelishuvi Netanyahu va Tramp o‘rtasida kelishmovchilikka olib kelmoqda
18:52 / 16.06.2026
AQSh va Eron kelishuvi. Nimalar ma’lum?
17:05 / 16.06.2026