Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat Dumasi Putinga o‘zi xohlagan mamlakatga hujum qilishga ruxsat berdi
Rossiya Davlat dumasi prezidentga rossiyaliklarga «tazyiq o‘tkazilayotgan» mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Bu hujjat amalda Vladimir Putinga xorijiy davlatlarga qarshi harbiy amaliyotlar boshlash huquqini qonuniy jihatdan mustahkamlab beradi.
Qonun loyihasining tushuntirish xatida Rossiya fuqarolarini «xorijiy davlatlar sudi qarorlarini ijro etish orqali hibsga olish, ushlab turish, jinoiy va boshqacha usulda ta’qib qilish» holatlarida himoya qilish zarurligi ko‘rsatilgan. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
«Davlat Dumasining Mudofaa qo‘mitasi qonun loyihasining konsepsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, chunki taklif etilayotgan me’yor Rossiya fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, Rossiya tashkilotlarini xorijiy noqonuniy tajovuzlardan himoya qilishga, shuningdek, tashqi yo‘nalishda davom etayotgan ashaddiy rusofobiya kampaniyasiga qarshi kurashishga yordam beradi», dedi Davlat Dumasining Mudofaa qo‘mitasi raisi Andrey Kartapolov.
«Xavfsizlik to‘g‘risida»gi Rossiya federal qonunining amaldagi 8-moddasiga ko‘ra, prezident xorijiy yoki xalqaro yoxud davlatlararo organlar tomonidan Rossiya manfaatlariga yoki Rossiya ommaviy huquq-tartibot asoslariga zid qarorlar qabul qilingan yoki harakatlar amalga oshirilgan taqdirda Rossiya va uning fuqarolarini himoya qilish bo‘yicha Rossiya qonunchiligiga muvofiq choralar ko‘radi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026