Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qamalini davom ettirsa, Eron uchta dengizni yopish bilan tahdid qildi
Eron hukumati, agar AQSh Eron portlarining dengiz blokadasini to‘xtatmasa, Qizil dengiz, Fors ko‘rfazi va Ummon ko‘rfazidagi savdo yo‘llarini to‘sib qo‘yish bilan tahdid qildi.
Tehrondagi maydonga o‘rnatilgan Hormuz bo‘g‘ozi tasviri Foto: EPA/Shutterstock
Eron armiyasi markaziy shtabi boshlig‘i general Ali Abdullohiyning aytishicha, agar AQSh blokadani davom ettirib, «Eron savdo kemalari va neft tankerlari xavfsizligiga tahdid solsa», bu «o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishning boshlanishi bo‘ladi». Bu haqda BBC xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holda Eron Qurolli kuchlari «Fors ko‘rfazi, Ummon ko‘rfazi va Qizil dengizda hech qanday eksport yoki importga yo‘l qo‘ymaydi».
Abdullohiy tomonidan ko‘rsatilgan dengiz hududlari mintaqadagi suv yo‘llarining katta qismini qamrab oladi, biroq Eron generali uning tahdidi aynan qaysi mamlakatlarga ta’sir qilishi mumkinligini aniqlashtirmadi.
AQSh 13 apreldan boshlab Eron kemalarining Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanishini to‘sib qo‘yishni boshladi. Vashington bunday qarorni o‘tgan dam olish kunlari Pokistonda bo‘lib o‘tgan AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar tinchlik kelishuviga olib kelmaganidan keyin qabul qildi.
15 aprel kuni AQSh Qurolli kuchlari vakillari dastlabki 36 soat ichida «hech bir kema blokadani yorib o‘ta olmaganini» va oltita savdo kemasi ortga qaytishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, BBC Verify ma’lumotlarini tekshirish bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, qamal boshlanganidan beri Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan 15 ta kema o‘tgan - ulardan to‘qqiztasi Eron bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
23:17 / 15.04.2026
Pentagon Kubaga qarshi harbiy operatsiyaga tayyorgarlikni boshladi – OAV
20:51 / 15.04.2026
TIME jurnali 2026 yilning eng nufuzli 100 kishisini e’lon qildi
19:52 / 15.04.2026
Tramp va Lev XIV bahsi. Voqealar zanjiri
15:17 / 15.04.2026