Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston xalq artisti Farruh Zokirovning 80 yilligi nishonlandi
Milliy san’at va madaniyatni rivojlantirish yo‘lidagi ko‘p yillik beqiyos xizmatlari uchun Farruh Zokirovga «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni topshirildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkentdagi Ko‘ksaroy qarorgohida 15 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida milliy estrada san’atining yorqin namoyandasi, O‘zbekiston xalq artisti Farruh Zokirovning 80 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda davlat va jamoat arboblari, madaniyat va san’at namoyandalari, ijodkor ziyolilar, «Yalla» ansambli a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Davlat rahbari so‘zga chiqib, Farruh Zokirovni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy qutladi, unga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va yangi-yangi ijodiy yutuqlar tiladi.
Tadbirda Farruh Zokirov nafaqat xalqimiz, balki butun Markaziy Osiyo, Hamdo‘stlik mamlakatlari va turkiy ellarning sevimli san’atkori ekani ta’kidlandi. Uning O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti degan faxriy unvonlar bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Tatariston, Boshqirdiston va Ingushetiya xalq artisti degan yuksak unvonlarga sazovor bo‘lgani uning ijodiga berilgan katta baho sifatida qayd etildi.

Tadbirda «Yalla» ansambli a’zolari Javlon To‘xtayev, Abbos Aliyev, Temur Xalikov va Igor Xalikovning ham ko‘p yillik samarali faoliyati e’tirof etildi.

Prezident qaroriga ko‘ra, Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga Farruh Zokirov nomi beriladigan bo‘ldi.
Milliy san’at va madaniyatni rivojlantirish yo‘lidagi ko‘p yillik beqiyos xizmatlari uchun Farruh Zokirovga «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni topshirildi.






Mavzuga oid
18:21
Prezident jamoat transportini aglomeratsiya tizimi asosida rivojlantirishni buyurdi
17:56
Armiyada sun’iy intellekt va dronlar davri: prezident yangi vazifalarni belgiladi
22:17 / 06.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoy zavodidagi fojia munosabati bilan Si Jinpingga hamdardlik bildirdi
21:20 / 06.05.2026