Jahon | 20:51
1598
2 daqiqa o‘qiladi

TIME jurnali 2026 yilning eng nufuzli 100 kishisini e’lon qildi

TIME jurnali 2026 yilning eng nufuzli 100 kishisi yillik reytingini e’lon qildi. «Liderlar» toifasiga asosiy siyosatchilar, davlat rahbarlari, diniy arboblar va global kun tartibini belgilovchi shaxslar kiritildi.

Saytdan skrinshot

Amerikaning TIME jurnali 2026 yilda sayyoramizning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi. An’anaga ko‘ra, reyting oltita toifaga bo‘lingan: Leaders, Titans, Innovators, Icons, Artiss va Pioneers.

«Liderlar» bo‘limiga qarorlari xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot va millionlab odamlar hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan jahon siyosatchilari va jamoat arboblari kiritilgan.

«Leaders» bo‘limining asosiy nomlari:

- Rim papasi Leo XIV — Shimoliy Amerikada tug‘ilgan birinchi pontifik

- Donald Tramp — AQSh prezidenti

- Si Jinping — Xitoy raisi (TIME100 reytingida 14-marta kiritildi)

- Klaudiya Sheynbaum — Meksika prezidenti

- Marko Rubio — AQSh davlat kotibi

- Binyamin Netanyahu — Isroil bosh vaziri

- Mark Karni - Kanadaning nufuzli siyosatchisi va iqtisodchisi

- Gevin Nyusom - Kaliforniya gubernatori

- Gvinn Shotvell — SpaceX prezidenti

- Rafael Grossi – XAEA bosh direktori

Ro‘yxatga quyidagilar ham kiritilgan: Nyu-Yorkning yangi meri Zuhron Mamdani, Nepal bosh vaziri Balendra Shoh, Bangladesh bosh vaziri Tariq Rahmon, xalqaro energetika agentligi rahbari Fotih Birol va boshqalar.

Reyting hozirgi global tendensiyalarni aks ettiradi: yangi ma’muriyatda AQSh rolining kuchayishi, xalqaro munosabatlardagi keskinlik va rivojlanayotgan mamlakatlarda yangi rahbarlarning paydo bo‘lishi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid