Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada bolalar ozuqasi tarkibida margimush borligi aniqlandi
Avstriya politsiyasi bolalar uchun chiqarilgan HiPP pyuresi bankalari ichida margimush izlari aniqlangani haqida ma’lum qildi. Reuters agentligining xabar berishicha, politsiya zahar ozuqaga qasddan qo‘shilgani ehtimolini rad etmayapti.
Tekshiruvga Burgenlanddagi xaridorlardan birining shikoyati sabab bo‘lgan. U Spar supermarketida sotib olgan HiPP sabzi-kartoshkali pyuresi bankasi avval ochilganini aytgan. Bankadagi ozuqa tekshirilganida esa uning tarkibida margimush borligi aniqlangan.
Hozirda Avstriyadagi Spar, Eurospar, Interspar va Maximarkt tarmoqlariga qarashli 1,5 mingta supermarketdagi barcha pyurelar qaytarib olinmoqda. Bundan tashqari, Chexiya va Slovakiyaga yetkazib berilgan HiPP pyurelari tarkibida ham «zaharli modda» mavjudligi aniqlangan.
Spar va HiPP rahbariyati iste’molchilarni ushbu pyuredan foydalanmaslikka chaqirdi. HiPP bayonotida qayd etilishicha, gap «ishlab chiqaruvchi tomonidan qoida buzilishi» to‘g‘risida bormayapti.
«Pyureli bankalar omborimizdan ideal holatda olib chiqib ketilgan. Mahsulotlarimiz hozirda surishtiruv olib borilayotgan jinoyat ishi bilan bog‘liq»,— deya ta’kidlagan kompaniya.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya va BMT rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
20:19 / 01.06.2026