Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQSh bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichida qatnashishdan bosh tortdi
Tehron ushbu qarorni Vashingtonning haddan ortiq talablari va voqelikdan uzoq kutilmalari hamda AQSh tomonidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qamali davom etayotgani bilan izohladi.
Foto: tasnimnews.ir
Eron Islomobodda o‘tkazilishi rejalashtirilgan AQSh bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichida qatnashmaydi, deb xabar qildi IRNA agentligi.
"Eron AQSh bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichida qatnashishdan bosh tortdi", — deyiladi agentlik xabarida.
Tehron ushbu qarorni Vashingtonning haddan ortiq talablari va voqelikdan uzoq kutilmalari hamda AQSh tomonidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qamali davom etayotgani bilan izohladi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika delegatsiyasi Eron bilan muzokara o‘tkazish uchun Islomobodga yo‘l olganini aytgandi.
Oq uy rahbari o‘zaro kelishuv imzolanishiga umid bildirgan, lekin shu bilan birga, agar Eron kelishuvga rozi bo‘lmasa, mamlakatdagi barcha elektr stansiyalari va ko‘priklarni yo‘q qilish bilan tahdid qilgandi.
Muzokaralarning birinchi bosqichi o‘tgan haftada Islomobodda bo‘lib o‘tdi, ammo tomonlar ayrim masalalarda murosaga kela olishmadi.
Mavzuga oid
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
11:29 / 08.05.2026