Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Rossiyaga zarba berish masofasi uzayganini ma’lum qildi
Prezident so‘zlariga ko‘ra, Ukraina «to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 1500 kilometrdan ortiq masofadagi» Rossiya obektlariga zarba bermoqda.
Ukraina «harbiy salohiyatini cheklash» maqsadida Rossiya hududiga zarba berish masofasini oshirdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi general-mayor Yevgeniy Xmaraning ma’ruzasidan so‘ng ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina «to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 1500 kilometrdan ortiq masofada» Rossiya obektlariga zarba bermoqda.
Prezidentning aytishicha, har bir bunday hujum «Rossiya harbiy sanoati, logistika va neft eksporti imkoniyatlarini pasaytiradi».
«Diplomatiyaga o‘tish vaqti keldi va bu signalni Moskva eshitishi kerak», deb xulosa qildi Ukraina rahbari.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
14:17 / 11.06.2026