Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident ACWA Power kompaniyasi rahbari bilan “Yangi Toshkent” xalqaro aeroporti qurilishini boshlash masalasini muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ACWA Power kompaniyasi rahbari Muhammad Abunayyan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv davomida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Uchrashuvda sheriklik aloqalarini kengaytirish va qo‘shma loyihalarni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbari O‘zbekiston “yashil” energetika sohasining asosiy hamkori bo‘lgan ACWA Power faoliyatini yuqori baholadi. O‘tgan yil dekabr oyida boshlangan yangi investitsiya tashabbuslari, jumladan, quyosh va shamol elektr stansiyalarini barpo etish loyihalari belgilangan rejalar asosida izchil amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Muloqot davomida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, “Yangi Toshkent” xalqaro aeroporti qurilishini boshlash, Farg‘ona shahrida ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasasini barpo etish, IT-parkda zamonaviy ma’lumotlar markazini ishga tushirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida saudiyalik investorlar O‘zbekistondagi islohotlar va yaratilgan qulay investitsiya muhiti uchun minnatdorlik bildirib, loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.
Mavzuga oid
20:24 / 08.05.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi
17:37 / 08.05.2026
Prezident Xotira kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi, faxriylar holidan xabar oldi
18:21 / 07.05.2026
Prezident jamoat transportini aglomeratsiya tizimi asosida rivojlantirishni buyurdi
17:56 / 07.05.2026