Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada yashash ruxsatnomasi uchun to‘lov miqdori oshgani rad etildi
Turkiya Migratsiya boshqarmasi va O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi to‘lov miqdori oshgani haqidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyada yashash guvohnomasi (Ikamet izni) uchun boj 1 maydan boshlab 930 foizgacha oshgani haqida xabarlar tarqaldi.
Turkiya Migratsiya boshqarmasi xabariga ko‘ra, yashash uchun ruxsatnoma to‘lovlari har yili G‘aznachilik va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi va hozir hech qanday o‘zgarish yuz bermagan.
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ham to‘lov miqdori oshgani haqidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
«Mazkur xabarlar rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlanmagan hamda huquqiy asosga ega emas. Turkiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya bosh boshqarmasi (Göç İdaresi Başkanlığı) tomonidan ushbu masala yuzasidan rasmiy o‘zgarish yoki qo‘shimcha qaror e’lon qilinmagan», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
22:23 / 08.06.2026