Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Xitoy zavodidagi fojia munosabati bilan Si Jinpingga hamdardlik bildirdi
Xitoyning Xunan provinsiyasida mushaklar ishlab chiqaruvchi zavodda ro‘y bergan kuchli portlash oqibatida 30 ga yaqin odam halok bo‘ldi va 60 dan ortig‘i jarohatlangan edi.
Foto: REUTERS / cnsphoto
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Xunan provinsiyasidagi sanoat korxonasida yuz bergan fojia oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Xitoy raisi Si Jinpingga hamdardlik bildirdi.
Davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik so‘zlarini yo‘llab, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.
Xitoyning Xunan provinsiyasida mushaklar ishlab chiqaruvchi zavodda ro‘y bergan kuchli portlash oqibatida 30 ga yaqin odam halok bo‘ldi va 60 dan ortig‘i jarohatlangan edi.
Xitoy raisi Si Jinping fojiadan so‘ng rasmiylarga asosiy tarmoqlarda xavf-xatarlarni tekshirish va xavfni nazorat qilishni kuchaytirish, jamoat xavfsizligini boshqarishni yaxshilash, odamlar hayoti va mol-mulki xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi. U shuningdek aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.
Mavzuga oid
14:15 / 21.05.2026
Putin va Si Jinping uchrashuvi. Asosiy tafsilotlar
12:19 / 20.05.2026
«Bir-birimizga yordam berishimiz kerak» – Pekinda Putin va Si muzokaralari boshlandi
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
19:00 / 17.05.2026