Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Trampning oltin telefonlarini yetkazib berish boshlanadi
Shu haftadan boshlab, T1 Phone’ga oldindan buyurtma bergan mijozlarga telefonlar jo‘natiladi. Uning narxi 499 dollar qilib belgilangan edi.
Trump Mobile kompaniyasi shu haftada AQSh prezidenti Donald Trampning oltin telefonlarini mijozlarga yetkazishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya USA Today gazetasiga ma’lum qildi.
Bosh direktor Pet O'Brayyenning so‘zlariga ko‘ra, shu haftadan boshlab, T1 Phone’ga oldindan buyurtma bergan mijozlarga telefonlar jo‘natiladi. Uning narxi 499 dollar qilib belgilangan edi.
Prezidentning o‘g‘illari boshqaradigan Trump Organization bir necha bor oltin smartfon chiqarilishini e’lon qilgan. Dastlab, qurilma o‘tgan yilning avgust oyida chiqishi rejalashtirilgan edi, biroq muddatlar bir necha bor kechiktirildi.
Trump Mobile kompaniyasi bu smartfonni «to‘liq Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqilgan» deb reklama qildi. Biroq keyinchalik tavsifni o‘zgartirdi va bu jumlalarni olib tashladi. Matbuotda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, uning tarkibiy qismlari Xitoyniki bo‘lgan.
Shuningdek, kompaniya T1 Mobile uyali aloqa xizmatini ishga tushirganini e’lon qildi va cheksiz qo‘ng‘iroqlar, yetakchi operatorlarning tezkor 5G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga bepul xalqaro qo‘ng‘iroqlarni va’da berdi.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026