Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev SOCAR va British Petroleum bilan hamkorlikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni «O‘zbekiston energetika haftaligi – 2026» forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarboyjonning SOCAR kompaniyasi bosh direktori Ravshan Najaf hamda British Petroleum kompaniyasi rahbariyati Ariel Flores va Jovanni Kristofolini qabul qildi.
Uchrashuvda energetika va neft-gaz sohasida yetakchilardan hisoblangan ushbu yirik kompaniyalar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Energetika sohasidagi kooperatsiya muvaffaqiyatli kechayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. SOCAR kompaniyasi Ustyurt platosidagi uglevodorod konlarini o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirishda O‘zbekistonning sherigi hisoblanadi. SOCAR O‘zbekistonda vakolatxona ochadigan bo‘ldi.
Ushbu keng ko‘lamli loyihaga British Petroleum kompaniyasi qo‘shilganiga yuksak baho berildi. Neft-gaz sohasida uglevodorod xomashyosini qidirish, qazib olish va chuqur qayta ishlash, neft va neft mahsulotlarini uzoq muddatli yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish hamda tarmoq uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.


Bundan tashqari, Ozarboyjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi raisi sifatida ham faoliyat yuritayotgan Ravshan Najaf davlatimiz rahbariga 2027 yilda O‘zbekiston va Ozarboyjonda yoshlar o‘rtasidagi U-20 jahon chempionatini o‘tkazishga birgalikda tayyorgarlik ko‘rishdagi ko‘magi uchun minnatdorlik bildirdi.


Mavzuga oid
19:59 / 26.06.2026
Bosh prokuratura tomonidan “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi ishga tushirildi
17:52 / 26.06.2026
Vatanparvar jurnalistlarni o‘zimga do‘st va maslakdosh deb bilaman - Shavkat Mirziyoyev
21:12 / 25.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Toni Bler hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
21:07 / 25.06.2026