Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Rossiya Ukraina rahbariyatini yo‘q qilmoqchi” - Zelenskiy
Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina maxsus xizmatlari Kiyev va mamlakatning boshqa shaharlaridagi bo‘lajak hujumlar nishonlari batafsil ko‘rsatilgan Rossiya hujjatlariga ega.
Foto: Reuters
Rossiyaliklar yangi zarbalar berish, xususan, Bankovaya ko‘chasidagi binoga hujum qilish uchun Kiyevdagi siyosiy va harbiy obektlarni qidirish ishlarini faollashtirdi. Biroq davlat rahbariyati va ukrainaliklar mustaqillikni har qanday sharoitda himoya qilishga tayyor, deb yozdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z Telegram-kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina maxsus xizmatlari poytaxt va mamlakatning boshqa shaharlaridagi bo‘lajak hujumlar nishonlari batafsil ko‘rsatilgan Rossiya hujjatlariga ega.
“Bizning qo‘limizda Rossiya hujjatlari mavjud, ularda Kiyevga va boshqa shaharlarimizga — armiya rahbariyati, hukumat bo‘lishi mumkin bo‘lgan siyosiy va harbiy obektlarga, shuningdek, bu yerga — Bankovayaga zarbalar berish uchun nishonlar taklif qilingan. Ular bu rejani anchadan beri pishitishmoqda — hozir, Erondan keyin yana faollashib qolishdi — qayerda ekanligimizni, qayerlarda bo‘lishimizni izlashmoqda”, — deb ta’kidladi Zelenskiy.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, bu nafaqat shaxsan uning o‘ziga, balki Ukraina harbiy-siyosiy rahbariyati, razvedka va maxsus xizmatlarining boshqa vakillariga ham tegishli.
Ukraina rahbari dushmanning bunday rejalari va rahbariyatni qo‘rqitish yoki yo‘q qilishga bo‘lgan urinishlari Ukraina xalqining pozitsiyasini o‘zgartira olmasligiga ishontirdi.
“Moskvadagi allakim ukrainaliklar hech qachon o‘z mustaqilligidan voz kechmasligini hali ham tushunib yetmadi. Har qanday holatda — Bankovaya bilan yoki Bankovayasiz — o‘z yerimizni, suverenitetimizni, davlatimizni topshirmaymiz”, — deya xulosa qildi Ukraina prezidenti.
Avvalroq Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi Rossiyaning yangi raketa-dron hujumlariga tayyorgarlik ko‘rayotganini tasdiqlovchi hujjatlarni qo‘lga kiritgandi.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya «qaror qabul qilish markazlari» deb ataladigan obektlarga, jumladan, yigirmaga yaqin siyosiy obektlar va harbiy qo‘mondonlik punktlariga zarba berishni rejalashtirmoqda.
Xususan, e’lon qilingan nishonlar suratlarida Kiyev markazidagi binolar, prezident ofisining turli qavatlardagi kabinetlari va davlat rahbarining dalahovlisi qayd etilgan.
Mavzuga oid
08:42 / 15.05.2026
Kiyevga yirik hujum: kamida 21 kishi halok bo‘ldi
22:20 / 14.05.2026
Zelenskiy Rossiyaning eng keng ko‘lamli hujumiga javob tayyorlashni buyurdi
08:55 / 14.05.2026
Rossiya Ukraina bo‘ylab yuzlab dronlar uchirdi
08:28 / 13.05.2026