Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev turli sohalardagi bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi
Davlat rahbariga Andijon viloyati Bobur shahrida barpo etiladigan me’moriy ansambl tarkibida Boburga bag‘ishlangan muhtasham haykal o‘rnatish loyihasi, Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, Buxoro shahrida turizmni rivojlantirish, madaniyat uylarini modernizatsiya qilish yuzasidan ishlab chiqilayotgan loyihalar to‘g‘risida axborot berildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 may kuni turli sohalardagi bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Davlat rahbariga Andijon viloyati Bobur shahrida barpo etiladigan me’moriy ansambl tarkibida buyuk davlat arbobi, sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Boburga bag‘ishlangan muhtasham haykal o‘rnatish loyihasi taqdimot qilindi.

Prezidentga haykalning eskizlari, kompozitsion yechimi va Bobur siymosini aks ettirish bo‘yicha ilmiy-badiiy yondashuvlar haqida axborot berildi. Qayd etilganidek, buyuk tarixiy shaxs obrazi olimlar tomonidan xorijiy hamkasblar bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlar, ko‘plab tarixiy manbalar, qo‘lyozmalar, miniatyuralar va madaniy meros namunalarini chuqur o‘rganish asosida yaratilmoqda.
Shu bilan birga, prezidentning Pokistonga davlat tashrifi doirasida Islomobod shahridagi bog‘lardan biri Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan atalgan edi. Mazkur bog‘da ham buyuk ajdodimizga o‘rnatiladigan haykal loyihasi ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbari yodgorliklarni yaratishda Zahiriddin Muhammad Bobur siymosini nafaqat buyuk adib va shoir, balki mohir sarkarda, qudratli davlat asoschisi va donishmand hukmdor sifatida teran ochib berish zarurligini ta’kidladi. Uning irodasi, davlatchilik salohiyati, yuksak ma’naviyati va bunyodkorlik g‘oyalari haykalning umumiy qiyofasida yaqqol ifoda topishi lozimligi qayd etildi.
Prezidentimizga Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, Buxoro shahrida turizm va transport infratuzilmasini rivojlantirish, tumanlardagi madaniyat uylarini modernizatsiya qilish yuzasidan ishlab chiqilayotgan loyihalar to‘g‘risida ham axborot berildi.

Davlat rahbari loyihalarni yanada takomillashtirib, ilg‘or tajriba asosida puxta ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Mavzuga oid
18:09 / 19.05.2026
Toshkentda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkin
22:15 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
14:01 / 18.05.2026