Kun.uz 9 aprel kuni e’lon qilgan maqolasida juda muhim huquqiy muammoni kötarib çiqdi: tadbirkorlik sub’yektlariga tegişli köçmas mulklar soxta imzolar qöyilgan umumiy yiğiliş qarorlari asosida bank krediti uçun garov ta’minoti sifatida rasmiylaştirilgan, kredit mablağlari esa boşqa şaxslar tomonidan özlaştirilgan.
Sud hukmi bilan, uç nafar şaxs firibgarlik va hujjatlarni qalbakilaştiriş jinoyatlarida aybdor deb topilgan, mulk egalari harakatlarida esa jinoyat alomatlari yöqligi qayd etilgan. Şunga qaramay, keyingi fuqarolik va iqtisodiy sud jarayonlarida undiruv aynan jinoyatga aloqador bölmagan mulk egalarining garovga qöyilgan mulklariga qaratilmoqda.
Bu yerda masala şunçaki “bank ajratgan kreditini qaytarib olişi kerakmi yoki yöqmi?” degan savol bilan çeklanmaydi. Albatta, bank zarar körgan bölsa, qarzdor va jinoyat sodir etgan şaxslardan undiriş huquqiga ega. Asosiy savol boşqa: jinoyat orqali vujudga kelgan soxta korporativ iroda, ya’ni ta’sisçilar nomidan qalbakilaştirilgan qarorning haqiqiy emasligi – u bilan boğliq garov va kredit munosabatlarining ham haqiqiy emasligiga olib keladimi?
Fuqarolik huquqida uşbu holat “domino effekti” prinsipi orqali tuşuntiriladi. Domino effekti – bu bir hodisa bir qator öxşaş yoki boğliq hodisalarni keltirib çiqarganda hosil böladigan kumulyativ zanjirli ta’sirning bir şakli. Uşbu atama dumalab tuşayotgan domino toşlariga qiyosan bir qator sohalarda sababiy boğliqlikni tuşuntirişda qöllanadi. Şu jumladan fuqarolik huquqida ham. Agar birinçi huquqiy asos – masalan, mol-mulkni garovga qöyiş haqidagi ta’sisçilar qarori – haqiqiy bölmasa, u asosida qurilgan keyingi huquqiy konstruksiyalar ham mustaqil haqiqiy böla olmasligi lozim. Çunki heç kim özida mavjud bölmagan vakolatni boşqaga bera olmaydi; soxta imzo esa korporativ rozilik emas, balki huquqiy illyuziya hisoblanadi.
Özbekiston Fuqarolik kodeksining 114-moddasiga köra, haqiqiy bölmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan boğliq oqibatlardan taşqari boşqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boşlab haqiqiy emas hisoblanadi. Xuddi şu modda bitim haqiqiy bölmaganida taraflar olgan narsalarini qaytarişi, qaytariş imkoni bölmasa, qiymatini pul bilan tölaşi lozimligini belgilaydi. Fuqarolik kodeksining 127-moddasi ham haqiqiy emas deb topilgan bitim tuzilgan paytdan boşlab haqiqiy emasligini mustahkamlaydi.








