Soxta imzo, tasdiğini topgan jinoyat va nizoli garov: Toşkentda tadbirkor özgalar qilmişini deb mulkidan ayrilib qolmoqda
|01:30 / 10.04.202612 59711 min
Toşkentda biroz noodatiy jinoyat sodir etildi: bir guruh şaxslar tadbirkorning mulkini soxta imzo qöyilgan hujjat bilan garovga qöyib, bankdan 45 mlrd söm kredit olgan. Ularga nisbatan jinoiy iş qözğatilib, sud hukmi bilan jazo tayinlangan. Endi kredit qarzdorligi uçun undiruv garovdagi mulkka qaratilmoqda.
Foto: Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan suratFoto: Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan surat
Tasdiğini topgan jinoyat
Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tumani sudining 2024 yil 6 maydagi hukmi bilan uç kişi – Anvar Islomov, Avazbek Toşmatov va Jamoliddin Parpiyev jinoiy jazoga tortilgan. Ular juda köp miqdorda firibgarlik hamda hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş jinoyatlarini sodir qilişda aybli deb topilgan.
Sud hujjatiga köra, sudlanuvçilar jinoiy til biriktirib, aldaş yoki işonçni suiiste’mol qiliş yöli bilan özganing mulkini qölga kiritişni közlaşgan. Buning uçun puxta öylangan jinoiy reja tuzilgan.
Jinoiy rejaga köra, “Armagroup” XK rahbari nomidan Özsanoatqurilişbank Çilonzor filialiga qurilish mollari sotib oliş uçun 3 oy imtiyozli davr va yillik 20 foiz ustama haq tölaş şarti bilan 12 oy muddatga 10 mlrd söm kredit mablağlari ajratiş haqida murojaat qilingan. Garov ta’minoti sifatida “Feruza Barakat Servis” MÇJga tegişli köçmas mulk qöyilgan. Bunga asos sifatida bankka “Feruza Barakat Servis” MÇJ ta’sisçilarining 2020 yil 20 noyabrdagi umumiy yiğiliş qarori taqdim etilgan. Biroq uşbu hujjat garçi MÇJning yumalok muhri bilan tasdiqlangan bölsa-da, direktor va ta’sisçi imzosi soxtalaştirilgan bölgan.
Bank va “Armagroup” XK örtasida 2 ta kredit şartnomasi tuzilib, 20 mlrd söm kredit ajratilgan. Uşbu mablağ bir neçta xöjalik yurituvçi sub’yektlar hisobraqamiga mebel jihozlari, maişiy texnika va qurilish mollari sotib oliş uçun ötkazilgan. Biroq xarid qilingan tovarlar savdosidan tuşgan pul kredit qarzdorligini söndirişga yönaltirmasdan şaxsiy ehtiyojlarga sarflab yuborilgan.
Şuningdek, şu usulda Özsanoatqurilişbank Yaşnobod filialidan “Zamon Stroy Building” MÇJga 10 mlrd söm kredit olişga erişilgan. Bunga garov ta’minoti sifatida “Ohangaron Ilğor Qurilish Ta’mirlaş” MÇJning 12,5 mlrd sömga kafilligi, 12,5 mlrd söm suğurta polisi taqdim etilgan. Biroq bu mablağ ham maqsadsiz sarflab yuborilgan.
Şu tariqa, 2021 yil 30 dekabr holatiga “Armagroup” XK va “Zamon Stroy building” MÇJlarning bank oldida kredit hamda hisoblangan foizlardan jami 31,8 mlrd söm qarzdorlik vujudga kelgan.
Şundan söng sudlanuvçilar uşbu qarzdorlikni söndiriş maqsadida ATB Özsanoatqurilişbank Yaşnobod filialidan 45 mlrd söm kredit olişni maqsad qilişgan. Bunga garov ta’minoti sifatida “Törtinçi Avtoxizmat” va “Feruza Barakat Servis” MÇJlarga tegişli mulklar qöyilgan. Buning uçun bankka uşbu MÇJlarning köçmas mulklarni kredit ta’minotiga qöyiş haqidagi umumiy yiğiliş bayonnomalari taqdim etilgan. Ammo bu hujjatlarda ham MÇJlar ta’sisçilarining imzosi soxtalaştirilgan bölgan.
Mavzuga oid
Bank va jamiyat örtasida 2021 yil 30 dekabr kuni şartnoma tuzilib, yillik 24 foiz ustama haqi tölaş şarti bilan 18 oy muddatga 45 mlrd söm kredit ajratilgan. Söngra avvalgi 31,8 mlrd söm qarzdorlikni söndiriş uçun 45 mlrd sömning 12 mlrd 348 mln sömi “Zamon Stroy Building” MÇJga, 20 mlrd 363 mln sömi “Armagroup” XKga ötkazilgan. Mablağning qolgan qismi turli maqsadlarda har xil joylarga köçirilgan. Şu tariqa, 45 mlrd söm maqsadli kredit sarflab yuborilgan.
Sud hukmi bilan Anvar Islomov va Jamoliddin Parpiyevga 8 yil 1 oy, Avazbek Toşmatovga 8 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Yetkazilgan moddiy zararni qoplaş uçun depozitga qöyilgan 8 mlrd 939 mln söm pul Özsanoatqurilişbank Yaşnobod filiali foydasiga ötkazilişi nazarda tutilgan. Sudlanuvçilardan solidar tartibda bank foydasiga 36 mlrd 60 mln söm undiriş belgilangan.
Apellyatsiya va taftiş sudlari dastlabki sud hukmini özgarişsiz qoldirgan.
Mulk egalari jinoyatga şerikmi?
Boş prokuraturaning 2024 yil 20 iyuldagi qarori bilan “Feruza Barakat Servis” va “Törtinçi Avtoxizmat” MÇJlar vakillari hamda Özsanoatqurilişbank mansabdorlarining harakatlarida jinoyat alomatlari yöq deb topilgan. Jinoyat işining ularga nisbatan qismi harakatdan tugatilgan.
Oxiri körinmayotgan sud jarayonlari
Jinoiy iş böyiça sudlanuvçilar qilmişi öz tasdiğini topib, ularga jazo qöllandi. Ya’ni ular tadbirkorning soxta imzosi qöyilgan hujjat bilan uning mulklarini 45 mlrd söm kredit uçun garov ta’minoti sifatida taqdim etib yuborişgan. Mulk egalari harakatlarida esa jinoyat alomatlari yöq deb topilgan.
Biroq ajratilgan kreditdan yuzaga kelgan qarzdorlikni undiruvi garovga qöyilgan mulklarga qaratilmoqda. Bu böyiça 2022 yildan buyon davom etayotgan sud jarayonlarining oxiri körinmayapti.
Holat oşkor bölgaç “Feruza Barakat Servis” va “Törtinçi Avtoxizmat” MÇJ Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Da’vo arizasida jamiyat ta’sisçilarining soxta imzo qöyilgan 2 ta qarorini haqiqiy emas deb topiş, uşbu qarorlar böyiça nizoli taraflar örtasida tuzilgan barça bitimlarga nisbatan haqiqiy emaslik oqibatlarini qöllaş, şuningdek, kredit şartnomasini haqiqiy emas deb topiş söralgan.
Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2022 yil 27 oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan da’vo qisman qanoatlantirilgan. Ya’ni ta’sisçilar imzosi soxtalaştirilgan 2 ta qaror haqiqiy emas deb topilgan. Biroq da’vo talabining kredit şartnomasini haqiqiy emas deb topiş qismini qanoatlantiriş rad qilingan. Apellyatsiya sudi hal qiluv qarorini özgarişsiz qoldirgan.
Oliy sud iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2023 yil 15 noyabrdagi qarori bilan apellyatsiya sudi qarori bekor qilinib, birinçi instansiya sudi hal qiluv qarori özgartirilgan. Ya’ni da’voning kredit şartnomasini haqiqiy emas deb topiş talabi qanoatlantirilgan.
Ammo oradan bir yil ötib, Oliy sud iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay’atining 2024 yil 26 noyabrdagi ajrimi bilan bankning qonuniy kuçga kirgan sud hujjatini yangi oçilgan holatlar böyiça qayta köriş töğrisidagi arizasi qanoatlantirilgan. Şu tariqa, Oliy sud iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay’atining 2023 yil 15 noyabrdagi qarori bekor qilinib, iş taftiş tartibida körib çiqiş uçun Toşkent şahar sudiga yuborilgan.
Toşkent şahar sudi iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay’ati taftiş instansiyasining 2025 yil 13 fevraldagi qarori bilan birinçi va apellsiya instansiyasi sudining qarorlari özgarişsiz qoldirilgan.
Oliy sud iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay’ati taftiş instansiyasining 2025 yil 21 maydagi qarori bilan yuqoridagi sud qarori bekor qilinib, iş apellyatsiyada qayta köriş uçun yana Toşkent şahar sudiga yuborilgan.
Toşkent şahar sudi iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2025 yil 4 avgustdagi qarori bilan birinçi instansiya sudining 2022 yil 27 oktyabrdagi hal qiluv qarori bekor qilinib, yangi qaror qabul qilingan. Unga köra, bank vakilining da’vo muddatini qöllaş töğrisidagi arizasini qanoatlantiriş rad etilgan. “Feruza Barakat Servis” va “Törtinçi Avtoxizmat” MÇJlar ta’sisçilarining imzosi soxtalaştirilgan 2 ta qaror haqiqiy emas deb topilgan. Da’vo talablarining qolgan qismini qanoatlantiriş rad etilgan. Toşkent şahar sudi iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay’ati taftiş instansiyasining 2026 yil 14 yanvardagi qarori bilan taftiş şikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
Söngra Savdo-sanoat palatasi Özsanoatqurilişbank manfaatida sudga da’vo arizasi kiritgan. Fuqarolik işlari böyiça Mirobod tumanlararo sudining 2026 yil 8 yanvardagi hal qiluv qarori bilan bank foydasiga muddati ötgan foiz qarzdorligi bilan birga jami 70 mlrd 65 mln söm undiriş, undiruvni garov ta’minoti sifatida qöyilgan “Feruza Barakat Servis” va “Törtinçi Avtoxizmat” MÇJlarning mulklariga qaratiş belgilangan.
Bank nima deydi?
Kun.uz holat yuzasidan Özsanoatqurilişbankdan izoh oldi. Bildirilişiça, tergov harakatlari davomida söroq qilingan guvohlar, ayblanuvçilarning körsatmalari hamda iş böyiça töplangan hujjatlarga köra, bankning mansabdor şaxslari tomonidan bir guruh şaxslar bilan jinoiy til biriktirgan holda kredit ajratilgani, hujjatlarni bila turib soxtalaştirgani va undan foydalangani öz tasdiğini topmagan.
“Qolaversa, bank tomonidan kredit ta’minoti sifatida garovga qöyilayotgan da’vogar va şerik da’vogar ta’sisçilarining umumiy yiğiliş qarorlarida imzolar soxtalaştirilganini bilmagani va buni bilişga majbur bölişmagani, imzolar haqiqiy yoki soxtaligini tekşiriş lavozim majburiyatlariga kirmasligi qayd etilgan.
Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudining 2024 yil 6 maydagi hukmiga köra, iş böyiça yetkazilgan moddiy zararni qoplaş maqsadida depozitga qöyilgan 8 mlrd 939 mln söm miqdoridagi pul mablağlari hukm qonuniy kuçga kirganidan söng Özsanoatqurilişbank ATB Yaşnobod filiali foydasiga undiriş, sudlanuvçilar A.Islamov, A.Toşmatov va D.Parpiyevdan solidar tartibda Özsanoatqurilişbank ATB Yaşnobod filiali foydasiga 36 mlrd 60 mln söm moddiy zarar undiriş belgilangan. Biroq ayblanuvçilar tomonidan mazkur zarar bugungi kunga qadar qoplanmagan”, deyiladi bank ma’lumotida.
Şuningdek, ma’lumotda sud qaroriga nisbatan bank yoki boşqa biror bir taşkilot baho berişga haqli emasligi, sud qarorining qonuniyligi faqatgina yuqori instansiya sudlari tomonidan körib çiqilişi eslatib ötilgan.
Hozir vaziyat qanday?
Oxirgi sud hujjatlariga köra, ayni vaqtda undiruv garov ta’minoti sifatida qöyilgan mulklarga qaratilmoqda.
Ma’lum bölişiça, da’vogar tomon sudda yutgan vaqtida mulkka qöyilgan taqiq yeçilgan. Hozirda garov ta’minoti sifatida qöyilgan mulk örnida köp qavatli uy qurilgan. Uşbu “dom”dagi xonadonlar yuzdan ortiq odamga sotilgan.
Agar undiruv mulkka qaratilib, bu amalga oşsa, şunça odam sotib olgan öz uylariga mulk huquqini ololmasdan sarson böliş va zarar köriş xavfi yuzaga kelmoqda.
Oxiri nima böladi?
Bank yetkazilgan zararni undiriş harakatida. Undiruv qaratilayotgan mulklar egasi esa sodir etilgan jinoyatga va yetkazilgan zararga aloqador emasligi bois “nega birovlarning qilmişi uçun yemagan somsaga pul tölaşim kerak?” demoqda. Soddaroq aytganda birovlarning qilmişi uçun mulkidan ayrilib qoliş niyatida emas.
Bu işning oxiri nima bilan tugaşini vaqt körsatadi. Voqealar rivojini kuzatişda davom etamiz.