Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston tayyorlagan rezolyutsiyani qabul qildi
BMT Bosh Assambleyasi Qirg‘izistonning «Chegara nizolarini tinch yo‘l bilan hal etish» rezolyutsiyasini konsensus bilan qabul qildi.
Hujjatga 40 dan ortiq davlat hamhomiylik qildi. Rezolyutsiya Qirg‘iziston tomonidan Tojikiston va O‘zbekiston bilan birgalikda taqdim etildi.
Hujjatning asosiy maqsadi mintaqa davlatlarining tarixiy yutug‘i - BMT Nizomi va xalqaro huquqqa muvofiq nozik masalalarni tinch yo‘l bilan (muloqot, muzokaralar va boshqa o‘zaro kelishilgan usullar orqali) hal qilish qobiliyatini jahon hamjamiyati bilan baham ko‘rishdan iborat.
Rezolyutsiya oddiy va universal tamoyilni taklif qiladi: mamlakatlar chegara nizolariga duch kelganda, keyingi harakat tinch, qonuniy va muloqotga asoslangan bo‘lishi kerak.
«Rezolyutsiyada qayd etilgan Markaziy Osiyo yutuqlari butun xalqaro hamjamiyat uchun konstruktiv namuna, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari modeli hamda mintaqa davlatlarining xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi bo‘lib xizmat qiladi», deyiladi xabarda.
Qirg‘iziston TIV qo‘shimcha qilishicha, rezolyutsiyaning qabul qilinishi Qirg‘iziston va mintaqa mamlakatlarining o‘nlab yillar davomida yechim topmagan o‘tkir masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilish qobiliyatining yana bir tasdig‘i va e’tirofidir.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026