Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongodagi hozirgi Ebola epidemiyasi tarixdagi eng keng ko‘lamlisi bo‘ldi - JSST
Kongoda yangi shtammning tarqalishi may oyida boshlangan. Hozircha unga qarshi vaksina va davo yo‘q.
Ebola virusining Bundybugyo shtammi tarqalishi kuzatuvning birinchi oyida tarqalish sur’ati bo‘yicha Afrikadagi eng kattasi bo‘ldi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish departamenti direktori Abdurahmon Mahmud ma’lum qildi.
Kongo hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, laboratoriyada 1048 ta Ebola holati tasdiqlangan, 267 kishi vafot etgan. Shu bilan birga, birinchi 250 kishi epidemiya boshlanganidan keyin 37 kun ichida vafot etdi. 2014-2016 yillardagi epidemiya paytida xuddi shunday o‘limlar soni 78 kunda, 2018-2019 yillarda esa 130 kunda qayd etilgan.
Kongoda yangi shtammning tarqalishi may oyida boshlangan. Hozircha unga qarshi vaksina va davo yo‘q. JSST vaksinani yaratishga olti oydan to‘qqiz oygacha vaqt ketishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Vaziyat shu bilan murakkablashmoqdaki, kasallik mamlakatning qurolli mojaro davom etayotgan viloyatlarida tarqalmoqda.
Mavzuga oid
18:29 / 03.07.2026
JSST hantavirus epidemiyasi tugaganini e’lon qildi
16:21 / 29.06.2026
Shomurodov JCh guruh bosqichidagi eng chiroyli gol muallifi bo‘lishga da’vogar
08:08 / 28.06.2026
O‘zbekiston jahon chempionatini tark etdi
03:11 / 28.06.2026