Kongoliklar endi Angliya bilan öynaydi
Kongo DR – Özbekiston 3:1
Gollar: Şomurodov, 10 (0:1). Vissa, 68 – penalti (1:1). Mayyele, 78 (2:1). Vissa, 90+1 (3:1)
Kongo DR: Mpasi-Nzau, Tuanzebe, Mbemba, Masuaku (Kayyembe, 83), Van-Bissaka, Mutussami (Mukau, 72), Sadiki, Sipenga (Bongonda, 72), Mbuku (Elia, 72), Bakambu (Mayyele, 51), Vissa
Özbekiston: Ne’matov, Husanov, Örozov (Iskandarov, 82), Aşurmatov, Mozgovoy (Sergeyev, 82), Şukurov (Ğaniyev, 59), Nasrullayev, Alijonov, Hamdamov (Hamrobekov, 59), Fayzullayev (Örunov, 73), Şomurodov
Ogohlantirişlar: Sadiki, 21. Mbuku, 45. Mutussami, 62 – Husanov, 43. Nasrullayev, 48
Jahon çempionati guruh bosqiçidagi yangi formatni köpçilik tanqid qilgandi, lekin uning ijobiy jihatlari ham bor. Şulardan biri – sönggi turda turnir motivatsiyasiga ega bölmagan jamoalar kam böladi. Qatorasiga ikki öyinda jami 8 gol ötkazib yuborgan Özbekiston ham pley-offga çiqiş uçun imkoniyat saqlab qolgandi.
Bu imkoniyat juda kiçik edi – Kongo DR bilan öyindan oldin Opta Fabio Kannavaro şogirdlarining 1/16 finalga çiqiş imkoniyatini 0,1 foizga baholayotgandi. Özbekistonliklar uçinçi örin egalari orasida sakkizlikka kiriş uçun raqibni yetti töp farqi bilan mağlub etişi va gollar nisbatini yaxşilaşi talab etilardi. Şu bilan birga, Özbekistonning bu öyindagi raqibi işonçli himoyasi bilan maqtana oladigan jamoa edi – kongoliklar JÇ-2026 saralaş turnirida 12 uçraşuvda jami 7 gol ötkazgandi.
Kannavaro Portugaliyadan uçralgan 0:5 hisobidagi mağlubiyatdan keyin yana rotatsiyaga qöl urdi, ammo jamoaning asosiy yulduzlari – Husanov, Şomurodov, Fayzullayev – boşlanğiç tarkibdagi örnini saqlab qoldi. Afrikaliklar ustozi Sebastiyan Desabr ham jiddiy özgariş amala oşirdi – kongoliklar uç markaziy himoyaçidan iborat sxemadan voz keçib, 4-4-2 ga ötdi. Fransuz murabbiyining qarorini tuşuniş mumkin edi – Kongo DR pley-offga çiqişi uçun ğalaba qozonişi talab etilardi.
Bu öyinda ikki jamoaga ham ğalaba kerakligi betaraf muxlislar uçun hujumkor öyin va’da qilayotgandi. Amalda ham muxlislar ilk daqiqadayoq gol körişdi. Öyinning 30-soniyasidayoq Şomurodov Mpasi-Nzau qöriqlayotgan darvozani işğol etdi, ammo gol ofsayd tufayli bekor qilindi.

Özbekiston bu bilan töxtamadi va 10-daqiqada yana gol urdi: Mozgovoy töpni jarima maydoniga yetkazdi, u yerda Fayzullayev töpni teginmay ötkazib yubordi va uning bu harakati himoyaçilarni çalğitdi, Şomurodov esa ötkir burçak ostida turganiga qaramay, nozik uslubda zarba berdi va darvozani işğol etdi.














