25 Oktabr

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida auksionda sotilgan mulk savdoga chiqarish talablari buzilgani sababli savdo bekor qilinib qaytarib olingan. Bu haqda viloyat prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaat bo‘yicha bildirgan munosabatida ma'lum qilgan.

23 Oktabr

Termiz shahrida o‘g‘rilik jinoyatini sodir etib qochib yurgan ayol ushlangan.

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida fuqaroning pullari, tilla taqinchog‘i va telefonini o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

22 Oktabr

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida uy hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

21 Oktabr

Trastbankning Termiz filiali xodimlari tadbirkorning hisobraqamidagi 2,3 mlrd so‘mdan ortiq pullarni o‘zboshimchalik bilan, bank tartib-qoidalariga zid ravishda “aylantirishgan”. Tadbirkor qariyb 200 mln so‘m zarar ko‘rganini aytmoqda.

20 Oktabr

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida fuqaroning 10 tonna sarimsoq piyozini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib fuqarolarning pulini o‘zlashtirgan, yana bir fuqaroga uy olib berishini aytib undan 1 900 AQSh dollari olgan shaxs qo‘lga olingan.

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 266 ta kaptarni noqonuniy ovlagan shaxsga sud hukmi o‘qilgan. Uning ov quroli musodara qilinib, 106 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Bu haqda ekologiya muammolarini yoritib keladigan ekologuz kanali xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida qarzdor korxonadan 15 nafar fuqaroning 115 million so‘mlik ish haqlari undirib berilgan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

19 Oktabr

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida «GAZ-53» yuk mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida yashovchi fuqaro o‘zini IIB xodimlari urib tan jarohati yetkazganini aytib video tarqatgan. Mazkur videolavha yuzasidan Surxondaryo viloyat IIB axborot xizmati munosabat bildirdi. Unga ko‘ra holat viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. Xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida haydovchi yo‘l talashib boshqa bir haydovchining boshiga tosh bilan urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top