Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda uy hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida uy hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 28 sentyabr kuni Sherobod tumani G‘ambur mahallasida yashovchi L.L. Qumqo‘rg‘on tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Uning arizasiga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumani Ulug‘bek mahallasida yashovchi B.B. shu tumanda yashovchi kelini K.X.ning Qumqo‘rg‘on tumani Yangishahar mahallasidagi uyining hujjatlarini rasmiylashtirishda yordam berishini aytib 2020 yil sentyabr oyidan beri jami 10 million 200 ming so‘m pullarni olgan. Ammo hozirgi kungacha uyning hujjatlarini to‘g‘rilab bermasdan pullarini o‘zlashtirib ketgan.
Qayd etilishicha, 7 oktyabr kuni B.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:21 / 02.12.2025
Yevropa diplomatiyasi sobiq rahbari Federika Mogerini qo‘lga olindi
14:30 / 25.11.2025
Avtomobilni sotishda yurgan masofasini yashirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
08:20 / 24.11.2025
Hakamlik sudi sudyasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
18:25 / 21.11.2025