Ma'lum qilinişiça, Fuqarolik işlari böyiça Sariosiyo tumanlararo sudida «Uzun paxta tozalaş» AJdan mehnat şartnomalarini buzib, 15 nafar işçi-xodimning iş haqini öz vaqtida tölab bermagani yuzasidan kiritilgan da'vo arizasi körib çiqilgan.

Sud korxonaga 15 nafar işçi-xodimning öz vaqtida tölanmagan jami 114 million 820 ming 219 sömlik iş haqlarini tölab beriş böyiça qaror çiqargan.

Mazkur ijro hujjati MIB Uzun tuman bölimi iş yurituviga qabul qilinib, darhol ijro harakatlariga kirişildi va taraflar ogohlantirilgan.

Qayd etilişiça, MIB Uzun tumani bölimi tomonidan «Uzun paxta tozalaş» AJning hisobraqamlariga band solinib, inkasso topşiriqnomasiga asosan iş haqlari töliq undirib olingan. Işçi xodimlarning iş haqlari bank plastik kartalariga töliq ötkazib berilgan va ularning arizasiga köra ijro hujjati belgilangan tartibda tugatilgan.