12 Noyabr

Bugun, 12 noyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 4-issiqlik markazining elektr energiyasi ta'minotida nosozlik ro‘y berdi. Bu haqda poytaxt hokimligi "Toshissiqquvvati"ga tayangan holda xabar qilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan qarzdor fuqarodan 1 mlrd 300 mln so‘m miqdoridagi qarzdorlik undirib berildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan 2021 yil 13 noyabrdan boshlab haftaning shanba va yakshanba kunlari Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Joriy yil to‘qqiz oyi davomida O‘zbekistonning barcha hududlari orasida eng katta tashqi savdo aylanmasi Toshkent shahrida qayd etildi (11,5 milliard dollar, eksport – 2,8 milliard, import 8,7 milliard dollar). Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.

10 Noyabr

10 noyabr kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida «Zamonaviy maktab» talablari asosida qurilgan 1 ming 320 o‘rinli maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

10 noyabr kuni Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi bir guruh taniqli imom-xatiblar poytaxtning bir necha masjidiga tashrif buyurib, xufton namozini jamoat bilan ado etganidan so‘ng, mo‘min-musulmonlarga ma'rifiy suhbat qilib beradi.

9 Noyabr

2021 yilning noyabr–dekabr oylari davomida Toshkent shahar hokimligi tomonidan «Toshkent yoshlarni sevadi» shiori ostida «Yoshlar oyligi» o‘tkaziladi.

Qoidabuzar haydovchilarning har biri bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima to‘laydi.

Toshkent shahrining Olmazor tumanida tanishlari orqali Janubiy Koreya Respublikasiga o‘qishga yuborishni va'da qilib, noqonuniy boylik orttirmoqchi bo‘lgan firibgar aniqlandi.

Chang hajmi 5 mikrongacha bo‘lib, bu kattalikdagi chang zarralari ancha zararsizdir, deya ma'lum qildi Innovatsion rivojlanish vazirligi. Qayd etilishicha, chang tarkibida og‘ir metallar, tuzlar va inson salomatligi uchun xavfli pestitsidlar yo‘qligi aniqlangan.

Farhod Dehqonov 2021 yil 4 noyabr kunidan Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

8 Noyabr

Bundan 44 yil ilgari, 1977 yil 7 noyabrdan boshlab Toshkent metrosida poyezdlar qat'iy jadval asosida harakatlanishni boshlagan.

Ko`proq yangiliklar
Top