Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Ilğor texnologiyalar markazi va Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti olimlari Toşkentdagi çang börondan keyin çökkan çang tarkibini örganib çiqdi.
Vazirlik axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, çang tahlili uçun namunalar Olmazor tumani “Beruniy” metro bekati va Mirzo Uluğbek tumanining Akademiklar şaharçasi hududlaridan olingan.
Çang tarkibi SmartSEM dasturiy ta'minot yordamida 100 mikrometrdan 1 mikrometrgaça bölgan turli masştablarda olindi. Namunalar SEM – EVO MA 10 (Zeiss, Germaniya), Panalytical Empyrean rentgen difraktometri, Agilent 7890B gaz xromatografi kabi qurilmalarda tahlil qilindi. Uskunalar işi Data Collector dasturi yordamida nazorat qilingan.

Natijalar şuni körsatadiki, çang hajmi 5 mikrongaça bölib, bu kattalikdagi çang zarralari ança zararsizdir.
2021 yil 5 noyabrdagi çang namunalari 42 turdagi pestitsidlarga gaz xromatografiyasi yordamida tahlil qilinganda namunalarda pestitsidlar mavjud emasligi aniqlandi. Tahlil ma'lumotlari çang tarkibida tuz ham me'yorda ekanini körsatdi.
Çang namunalarida rN ölçovi çang eriganida işqoriy xususiyatlarini körsatdi. Namunalar tahlili ular tabiatiga köra standart çang ekanligini körsatdi. Çang tarkibida oğir metallar, tuzlar, inson salomatligi uçun xavfli pestitsidlar mavjud emas”, – deyiladi rasmiy ma'lumotda.

Eslatib ötamiz, 4 noyabr keçasida Toşkent havosida çang miqdori belgilangan miqdordagidan 30 barobargaça ortgani xabar qilingandi. Noqulay ob-havo ta'sirida birgina 4 noyabr kunining özida poytaxtda 678 kişi nafas qisişi tufayli “Tez yordam” çaqirgan













