Xavfsiz turizmni ta'minlash konsepsiyasi bo‘yicha nimalar qilindi?

Foto: KUN.UZ
2017 yilda “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida 2017-2020 yillarda xavfsiz turizmni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror asosida xavfsiz turizmni ta'minlash konsepsiyasi tasdiqlangan edi. Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida turizm xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyati takomillashtirildi. Endilikda Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari IIBda vaziyat markazlari faoliyat ko‘rsatadi. Ular xavfsiz turizm holatini monitoring qilish, sayyohlarni real vaqt rejimida ehtimoliy xavflardan xabardor etish hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yordamlashish bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi kunda Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarida xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘yicha boshqarmalar tashkil etildi va mazkur boshqarmalar boshliqlari tayinlandi. Ular, o‘z navbatida, viloyat IIB boshliqlarining o‘rinbosari hisoblanadi. Yangi tashkil etilgan boshqarmalarga xorijiy tillarni mukammal biladigan xodimlar ishga qabul qilingan.
Mamlakatda bo‘lib turgan davrda sayyohlar xavfsizligini, transportdan foydalanish va ko‘chishlarini ta'minlash bo‘yicha turizm sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi va yetib kelgan sayyohlar hisobini yurituvchi davlat va nodavlat tashkilotlarning yagona axborot bazasini shakllantirish rejalashtirilmoqda. Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabzdagi transport infratuzilmalari va xizmat ko‘rsatish sohasi obektlarida plakatlar, belgilar va ko‘rsatkichlar o‘rnatilmoqda.
Mobil ilova sayyohlarni mamlakatimizda bo‘lish qoidalari, viza va ro‘yxatga olish jarayonlari, diqqatga sazovor manzillar va yo‘nalishlar, shuningdek, yaqin ichki ishlar organi tayanch punktlari va tibbiyot muassasalari to‘g‘risida xabardor qilib turadi. Mazkur mobil ilovada sayyoh huquqni muhofaza qilish organlariga mushkul vaziyatga tushib qolganlik to‘g‘risida xabar yuborishi yoki o‘z mamlakatining konsullik idorasiga murojaat yozishi mumkin.
Yashash joyi xavfsizligini ta'minlash, mehmonxonaga joylashish va sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sohasida har bir mehmonxonada yetib kelgan sayyohlarning ma'lumotlar bazasini shakllantirishga imkon beruvchi «E-mehmon» elektron axborot tizimi joriy etilmoqda. Mehmonxonalarga kirish joyi kunu tun videokuzatuv ostida bo‘ladi.
Bundan tashqari, «Xavfsiz turizm» yagona apparat-dasturiy majmuasi joriy etiladi. Bu videokuzatuv, ma'lumotlarni tahlil qilish va avtomat ravishda qayta ishlash, huquqbuzarliklar va hodisalar to‘g‘risidagi xabarlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish tizimi hisoblanadi.
Turistik diqqatga sazovor maskanlarga tashrif buyurgan sayyohlar va rasmiy xorijiy delegatsiyalar xavfsizligini ta'minlash va kechki ko‘ngilochar dasturlarni tashkil etish sohasida sayyohlarni individual himoya qilish bo‘yicha maxsus texnik vositalarga bo‘lgan talablarni ishlab chiqish va o‘rnatish ham belgilangan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi muddatidan oldin Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi
Sport | 01:32
-
Suriyada hali ham 100 dan ortiq kimyoviy qurol omborlari mavjud - NYT
Jahon | 00:59
-
Xitoyda sobiq «iqtisodiyot qiroli»ning o‘g‘liga qarshi tergov boshlandi
Jahon | 00:38
-
Yerokomissiya AQShdan import qilinadigan go‘sht, kiyim-kechak va hojatxona qog‘oziga javob bojlari joriy etadi
Jahon | 23:36 / 06.04.2025
Mavzuga oid

18:50 / 05.04.2025
Foto: Samarqanddagi xalqaro tadbirlar qanday o‘tdi?

16:19 / 04.04.2025
Samarqand iqlim forumi va uning O‘zbekiston uchun ahamiyati qanday bo‘ladi?

16:49 / 02.04.2025
Saida Mirziyoyeva YuNESKO Bosh konferensiyasi Samarqandda o‘tkazilishini olqishladi

21:10 / 01.04.2025