KUN.UZ dayjesti: 1 oktabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar
Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 1 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.
Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!>>
Hayot yo‘llarida qoqilmay yashashni o‘rgatgan aziz ustoz va murabbiylar!
O‘zbekistonda bugundan kommunal xizmatlar uchun tariflar oshdi>>
1 oktabr kunidan O‘zbekiston aholisi va ulgurji iste'molchilarga beriladigan tabiiy gaz uchun Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi tariflar joriy qilinadi
Rossiya Mudofaa vazirligi internetda Rossiya aviatsiyasi tomonidan Suriyadagi “IShID” obektlariga zarba berilayotgani tasvirlangan lavhalarni joylashtirdi
Rossiya Suriyada yangi aviazarbalarni amalga oshirdi>>
Livanning Al-Mayadeen telekanali 1 oktabr kuni Rossiya aviatsiyasi Suriyada yana 30ta zarbani amalga oshirganini ma'lum qildi
Pentagon Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasini “olovga yog‘ quyish”ga tenglashtirdi>>
Rossiyaning Suriya hududida IShID guruhiga qarshi boshlagan harbiy amaliyotlari ushbu mamlakatda hokimiyat almashishini ko‘zda tutmaganligi bois aksilsamaradorlik namoyon etmoqda
Suriyadagi Rossiya aviatsiyasi guruhida 50dan ziyod samolyot va vertolyotlar mavjud>>
Suriyada aviazarbalar berayotgan Rossiya aviatsiyasi guruhida 50dan ziyod samolyot va vertolyotlar mavjud
OAV: Afg‘oniston armiyasi Qunduzni ozod qildi>>
Afg‘oniston qurolli kuchlari Tolibon harakati tomonidan egallab olingan Qunduz shahrini ozod qildi
Tehron: Makkada 464 eronlik halok bo‘ldi>>
Eron televideniyesi Makkadagi tiqilinchlikda mamlakat fuqarolaridan 464 kishi halok bo‘lganini xabar qildi
BMT bosh qarorgohida birinchi marta Falastin bayrog‘i ko‘tarildi>>

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida birinchi marta Falastin davlati bayrog‘i ko‘tarildi
Xitoy XVJga o‘zining valyuta zaxiralari haqida ma'lumotlar taqdim eta boshladi>>
XXR birinchi marta Xalqaro valyuta jamg‘armasiga o‘zining rasmiy valyuta zaxiralari haqida ma'lumotlar taqdim eta boshladi
Ronaldu "Real" tarixidagi eng yaxshi bombardirga aylandi>>
Madridning Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Malme”ga (2:0) qarshi Chempionlar ligasi 2-tur uchrashuvida dubl qayd etdi
Hameneiy: Eron harbiy tayyorgarlik darajasini oshirmog‘i kerak>>
Eron qurolli kuchlari harbiy tayyorgarlik darajasini oshirishi va tashqi hujumga shay bo‘lishi kerak