“Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining II xalqaro olimpiadasi yetti mamlakat yoshlarini birlashtirdi
Samarqand davlat tibbiyot instituti tashabbusi bilan “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining II xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Unda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina, Belarus va Turkiya davlatlari oliy tibbiyot o‘quv yurtlaridan 300 ga yaqin talaba-yoshlar bevosita, ikki mingdan ortiq yoshlar onlayn ko‘rinishda ishtirok etdi.
Tadbirning ochilish marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari A.Inoyatov, Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor J.Rizayev, Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti rektori, akademik S.Bagnenko, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.Jumayev, Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori N.Haydarov, Istanbul madaniyat universiteti tibbiyot fakulteti dekani Pençe Sadrettin so‘zga chiqib, olimpiadaning ahamiyati haqida gapirdilar.

Olimpiadada dastlab 30 ta fan bo‘yicha talabalar test orqali bilimlarini sinovdan o‘tkazishgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda ular nazariy va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Olimpiada o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib borildi.


Ishtirokchilarning ijodiy ishlari va loyihalari xorijiy mamlakatlarning mutaxassislari, professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.




Xalqaro olimpiadada ishtirok etgan talabalar sertifikat bilan taqdirlandilar.
Olimpiadada Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti rektori, akademik S.Bagnenko (Rossiya), Xerson davlat universiteti rektori, professor A.Spivakovskiy (Ukraina), Oliy biznes maktabi – Louis milliy universiteti rektori Uozniak Dariusz (Polsha), akademik Yu.Polushin (Rossiya) kabi bir qancha olimlar bevosita ishtirok etdi. Taniqli olimlar SamDTIning yuqori kurs talabalari bilan jahon sog‘liqni saqlash tizimidagi yutuqlar va o‘zgarishlar, muhim voqealar, zamonaviy rahbarga qo‘yiladigan talablar haqida mahorat darslari o‘tishdi.


Xalqaro olimpiada doirasida Samarqand davlat tibbiyot instituti hamda Sankt-Peterburg pediatriya tibbiyot universiteti, Voronej davlat tibbiyot universiteti va Ukrainaning Xerson davlat universitetlari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Shu kuni Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti rektori, akademik S.Bagnenko, Sankt-Peterburg pediatriya tibbiyot universiteti professori D.Butkoga institut ilmiy kengashi qaroriga ko‘ra SamDTI professori faxriy unvoni berildi.
Olimpiada doirasida talabalar festivali ham o‘tkazildi.
Samarqand davlat tibbiyot instituti matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid

00:05 / 02.04.2022
Samarqand davlat tibbiyot instituti universitetga aylantiriladi

15:30 / 26.03.2022
Samarqand davlat tibbiyot institutining qariyb 1000 nafar o‘qituvchi va shifokorlari donorlik qildi

20:00 / 09.02.2022
SamDTI Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan hamkorlikda olis hududlarda muntazam tibbiy ko‘rik tashkil qilmoqda

20:00 / 14.12.2021